27 iyu 11:29
Yangiliklar

Nurmagomedovning menejeri: “Makgregor o'zini qamoqxonada xavfsizroq xis qilardi”
“Ochig'ini aytsam, Konor o'zini qamoqxona devorlari ortida xavfsizroq xis qilardi. Endi Makgregor har kuni Xabibni o'ylab, havotir bilan yashaydi. Menimcha, jangga rozilik berish uchun Konor o'zida kuch topa olmasa kerak”, - dedi Abdulaziz MMA Fighting saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor sportchilar o'tirgan avtobusga hujum uyushtirgan va aynan shu holat bo'yicha kecha sud o'z qarorini elon qilgandi.
Unga ko'ra, irlandiyalik sportchi qamalmaydi va endilikda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Sud Konorga zarar etgan avtobus tamiri harajatlarini qoplash, besh kun jamoat ishida ishlash va uch seansda tarbiyaviy mashg'ulotlarda ishtirok etish jazosini tayinladi.
Fikrlar