So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

05 avg 09:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Nurmagomedovning murabbiyi UFC`dagi eng qiyin raqib va debyut jang uchun nomzodni aytdi

PFL chempioni Usman Nurmagomedovning faoliyatini UFC promoushenida davom ettirishga haqiqatga aylanib boryapti.

Usmanning menejeri Ali Abdel-Aziz o'z mijozi Iliya Topuriyani to'rt raund ichida to'xtatishini malum qilgan bo'lsa-da, rossiyalikning murabbiyi Xaver Mendes "El Matador"ni PFL chempioni uchun UFC`dagi eng qiyin raqib deb hisoblaydi.

"Mening nazarimda, Usman uchun eng qiyin sinov – bu Iliya Topuriya! Biz bu vazifani uddalaymiz, shunga qaramay, men aynan unga katta hurmat bilan qarayman. Xabibning yoki Usman bilan ishlaydigan boshqa murabbiylarning fikri boshqacha bo'lishi mumkin, lekin shaxsan men uchun eng qiyin vazifa – bu Iliya! Biz buni uddalaymiz, bunga ishonchim komil. Ammo, shubhasiz, aynan u bizning eng jiddiy sinovimiz bo'ladi", – dedi amerikalik mutaxassis Submission Radio’ga bergan intervyusida.

SHuningdek, AKA zali rahbari agar rossiyalik jangchiga UFC`ga o'tishi bilan divizionning kuchli beshligidan raqib berilsa, kimni debyut raqibi sifatida ko'rishi haqidagi savolga ham javob berdi.

"Agar u UFC`ga o'tsa, men uchun ikkita asosiy variant – Arman Carukyan va Iliya Topuriya bo'ladi. Bular men eng ko'p ko'rishni istaydigan janglar. "Orzu qilingan janglar" emas, shunchaki o'tkazilishini istaydigan bellashuvlar. Ammo agar biz haqiqatan ham navbatni o'tkazib yuborsak, o'ylaymanki, bizga Peddi Pimblett kabi raqib berishadi va bu ham meni qoniqtiradi. Balki Maks Xollouey. Kim biladi deysiz? Lekin bu aniq kuchli beshlikdagi jangchilardan biri bo'ladi", – deb taxmin qildi Mendes.

O'tgan dam olish kuni Usman Nurmagomedov tashkilot bilan amaldagi shartnomasi doirasidagi so'nggi jangida PFL engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. U bungacha mag'lubiyat nimaligini bilmagan amerikalik Archi Kolganni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Barcha belgilar mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan rossiyalik jangchi o'z faoliyatini UFC`da davom ettirishidan dalolat bermoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing