23 iyu 10:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev: "Ishga keldik yana" (FOTO)
O'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev ukasi Mashrabjon Ro'ziboev hamda taniqli MMA ustasi Doston Bozorov hamrohligida AQSHga etib bordi.
Sportchilar o'zlarining navbatdagi janglari uchun aynan okean ortida tayyorgarlik olib borishadi.
Nursulton Ro'ziboev 5 sentyabr kuni Parijda o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirida angliyalik Maykl "Venom" Peyj bilan jang qiladi. Octagon League cobiq chempioni Doston Bozorov esa Dana Uayt davogarlar seriyasida ishtirok etishi kutilmoqda.
"Ishga keldik yana. Keyingi bekat Franciya, Parij", deya quyidagi suratlarni izohlagan Nursulton Ro'ziboev.




Havola :
Manba : instagram.com/nursulton_ruziboev
Fikrlar