15 noy 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Octagon 25. Ro'ziboev qozoq MMAchisini birinchi raundda bo'g'ib qo'ydi + FOTO
Qozog'istonning Almati shahrida o'tkazilgan Octagon 25 turniri o'zbekistonlik MMA ustalari uchun kutilganidan ham omadli keldi.
Oqshom doirasidagi yana bir murosasiz jangda MMA bo'yicha O'zbekiston chempioni, universal jang va jangovor samboda sport ustasi Diyorbek Ro'ziboev qozog'istonlik 27 yoshli Askar Jaksilikovga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang muddatidan avval, birinchi raund yakunlanishiga bir daqiqadan sal ko'proq vaqt qolgan bir paytda to'xtatildi. Ro'ziboev raqibini bo'g'ish usulida mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar