15 noy 07:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Octagon 25. Yana bir hamyurtimizda muddatidan oldin g'alaba + FOTO
Kecha oqshom Qozog'istonning Almati shahrida Octagon 25 turniri bo'lib o'tdi.
Turnirning 56,7 kg vazn toifasida o'tkazilgan ilk jangida MMA va Jiu-jitsu bo'yicha O'zbekiston chempioni SHerzod SHamsutdinov qozog'istonlik 23 yoshli Ermek Naurizbekka qarshi oktagonga ko'tarildi. Uch raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakuniga etdi.
Nursulton Ro'ziboevning 23 yoshli shogirdi ikkinchi raundning uchinchi daqiqasi 18-soniyasi o'tib borayotgan bir paytda raqibini texnik nokautga uchratdi. Referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu SHerzod SHamsutdinovning MMAdagi ikkinchi jangi va ikkinchi g'alabasi bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar