07 iyu 16:31
Yangiliklar
Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida Prezident qarori
Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha yuqori malakali hamda zamonaviy bilim va texnologiyalarni o'zlashtirgan trener, hakam, selekcioner va boshqa mutaxassislarni tayyorlash maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “Sport talimi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–5279-son qaroriga muvofiq:
1. Quyidagilar:
professional talim tizimini tamomlagan bitiruvchilar uchun o'qish davomiyligi uch yil hisoblanadigan davlat oliy talim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti (keyingi o'rinlarda – Institut) tashkil qilinganligi;
Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha milliy terma jamoa azosi bo'lgan yoshlarni ularning sport natijalariga qarab hamda selekciya bo'yicha davlat granti asosida o'qishga qabul qilish belgilanganligi malumot uchun qabul qilinsin.
2. Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
talimning zamonaviy innovacion texnologiyalarini joriy qilgan holda va ilg'or xorijiy tajribani inobatga olib jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, jumladan, Xalqaro toifadagi O'zbekiston sport ustasi hamda O'zbekiston sport ustasi, shuningdek, O'zbekiston sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizaciya qilishga qaratilgan yangi talim dasturlarini hamda o'quv mashg'ulotlarining innovacion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
talabalarning kasbiy moyilligi, mahorati va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish;
talabalarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlash, bu borada sport zaxirasi va milliy terma jamoalar tarkibini shakllantirishda ishtirok etish;
sport sohasiga yo'naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish;
talim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish bilan uzviy integraciyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
istiqbolli bitiruvchi sportchilarni chet el sport va ilmiy-tadqiqot muassasalariga o'qishga yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;
zamonaviy talim texnologiyalariga asoslangan o'quv jarayonlarini joriy qilish bo'yicha ilg'or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi hamda ochiq axborot-talim muhitini rivojlantirishga ko'maklashish.
3. Belgilansinki:
Institutda o'quv jarayoni 2023/2024 o'quv yilidan boshlanadi;
Institutga talabalarni qabul qilish Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari (qoida tariqasida alo va yaxshi baholarga ega bo'lgan iqtidorli o'quvchi-sportchilar orasidan) asosida amalga oshiriladi;
Institutga talabalarni qabul qilish shaffof va ochiq tanlov asosida o'tkaziladi;
Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari O'zbekiston Respublikasi talim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;
Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari davlat buyurtmasi sifatida har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan, sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo'yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib, hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (selekciya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasida shakllangan Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari asosida shakllantiriladi;
Institut bitiruvchilariga tanlangan sport turi bo'yicha “trener”, “hakam”, “selekcioner” va boshqa mutaxassisliklar beriladi;
Institut bitiruvchilariga O'zbekiston Respublikasida oliy talim to'g'risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi;
Institut talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq o'tkaziladigan respublika musobaqalarida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etadi;
Institut talabalarini yashash uchun jihozlar, sutkalik oziq-ovqat normasi bilan taminlashda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarining normativlari tatbiq etiladi;
Institut Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiradi.
4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:
Davlat byudjeti mablag'lari;
xo'jalik faoliyati bo'yicha va shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlardan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
talim jarayonining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda o'quv rejalari va o'quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;
o'quv rejalaridagi nazariy talim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg'ulotlar hajmini oshirish;
professor-o'qituvchilar o'quv yuklamasini mustaqil meyorlashtirish, shuningdek, trenerlar va pedagog xodimlar tomonidan o'quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini, “ustoz-shogird” ananalari joriy qilinishini rag'batlantirib borish.
6. Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov) 2023/2024 o'quv yiliga qadar:
Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uni davlat ro'yxatidan o'tkazish choralarini ko'rsin;
Institut tuzilmasini oliy talim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlasin;
Institutning bo'limlari, fakultetlari va kafedralari shakllantirilishini, uning talim tizimi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilimlarga, shuningdek, amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislar, jumladan, xorijiy mutaxassislar bilan to'ldirilishini, o'qituvchilar, trenerlar va mutaxassislarning professional ko'nikmalari va bilim darajalarini uzluksiz oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini taminlasin;
zarur o'quv rejalari va o'quv dasturlari, o'quv-metodik materiallar va qo'llanmalar ishlab chiqilishini taminlasin;
Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida tayyorlanadigan kasblar (mutaxassisliklar)ning malaka talabi va o'quv rejalarini professional standartlar asosida takomillashtirsin.
8. Sportni rivojlantirish vazirligi O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi bilan birgalikda:
Institut talabalarining sport tayyorgarlik mashg'ulotlarini yuqori darajada tashkil etish maqsadida sport turlari bo'yicha milliy terma jamoalar bosh trenerlarini Institutning o'quv-mashq jarayonlariga jalb qilish;
Institut talabalarini sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq yil davomida uzluksiz o'quv-mashg'ulot yig'inlariga jalb etish hamda xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlash choralarini ko'rsin.
9. Institut tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan:
Axborot-resurs markazi;
Tibbiyot bo'limi tashkil qilinsin.
Sportni rivojlantirish vazirligi:
a) 2023/2024 o'quv yiliga qadar Axborot-resurs markazining mahalliy hamda xorijiy o'quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar, darsliklar hamda o'quv qo'llanmalari bilan to'ldirilishini taminlasin;
b) Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
2023/2024 o'quv yiliga qadar Institutning tibbiyot bo'limini malakali mutaxassislar bilan to'ldirsin;
Institutning musobaqalarga tayyorgarlik va musobaqalar davrida katta jismoniy yuklama ostida harakat qiladigan sportchi-talabalarini tezkorlik bilan tiklab olish uchun farmakologik ko'mak berish maqsadida 2023 yildan boshlab har yili dekabr oyiga qadar zarur dori vositalari bilan taminlash bo'yicha Moliya vazirligiga asoslantirilgan hisob-kitoblarni taqdim etsin.
10. Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Institutni Samarqand shahri, Ibn Sino ko'chasi, 17a-uy manzili bo'yicha joylashtirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. Moliya vazirligi (T.Ishmetov) Institut faoliyatini saqlash bilan bog'liq zarur mablag'larning 2023 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini taminlasin.
12. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masul va shaxsiy javobgar etib sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov, sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi A.K. Karimov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti SH.MIRZIYOEV
Toshkent shahri,
2022 yil 6 iyun
Fikrlar