So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

07 okt 13:50
Yangiliklar

Dzyudo

OMADSIZ KUN... JCH-2022. O'zbek dzyudochilarimizning bugungi ishtiroki yakunlandi

Toshkentdagi jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari o'tkazildi.

Musobaqa dasturiga ko'ra, bugun erkaklar o'rtasida -66 kg, ayollar o'rtasida esa -52 kg vazn toifasida medallar uchun kurash kechadi. Unda uch nafar hamyurtimiz bahs olib boradi. 

Sportchilarimizning musobaqadagi natijalarini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 


SAHIFANI YANGILASH


Bugun ishtirok etgan uch nafar sporchimizning hech biri bitta ham bahsda g'alaba qozona olmadi.


Hozirgina -52 kg vazn toifasida hamyurtimiz Diyora Keldiyorova Larissa Pimentaga qarshi bahs olib bordi va mag'lub bo'ldi.


-52 vazn toifasida Sita Qadamboeva portugaliyalik Yoana Diogoga qarshi gilamga chiqdi va ippon evaziga mag'lub bo'ldi. 


-66 kg vaznli Sardor ilk jangda ukrainalik Bogdan Yadovga qarshi bahs olib bordi va Golden Score'da imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


Birozdan so'ng Sardor Nurillaev ishtirokini boshlaydi. 


Vakillarimiz chempionatni quyidagi sportchilarga qarshi boshlashadi: 

-52 kg: Diyora Keldiyorova - Salimata Fofana (Kot d'Ivuar) / Larissa Pimenta (Braziliya) (3-bosqich)

-52 kg: Sita Kadambaeva - Yoana Diogo (Portugaliya) (2-bosqich)

-66 kg: Sardor Nurillaev - Bogdan Yadov (Ukraina) (2-bosqich)

Bellashuvlar soat 10:30dan boshlab "Humo Arena"da start oladi. O'zbek dzyudochilarining ishtiroki esa taxminan 11:00dan so'ng boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing