So’nggi yangiliklar

10:42Паралимпия ўйинларининг қанча чиптаси сотилди? 0 10:37Бош вазир Абдулла Арипов Париж-2024 Олимпиадаси ғолиб ва совриндорлари учун бериладиган мукофот пулларини эълон қилди 0 10:21Copa America. Уругвай 100 фоизлик натижа кўрсатди, мезбонлар учун мусобақа якунланди 0 10:16Париж-2024 Олимпиадасидаги байроқдорларимиз маълум! 0 10:00Шавкат Раҳмонов қачон октагонга қайтишини айтди 0 09:39Самбочиларимиз Осиё-Океания чемпионатида 19 та медаль қўлга киритишди 0 09:18Дана Уайт: "Уни ўлдириб қўйишса керак, деб ўйлагандим" 0 08:57Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар "man of the match" соҳибига айланди? 0 08:36Богдан Гусков UFC'да ўзи жанг қилишни истайдиган рақиблар номини айтди. Улар орасида собиқ рақиби ва қиёфадоши ҳам бор 0 08:15Россияда терма жамоа мураббийи террорчиликда айбланиб, ҳибсга олинди 0 07:54Нурсултон Рўзибоев тез орада укаси Машрабжонга оид яхши янгилик бўлишини айтди 0 07:33Евро-2024. Португалия Словенияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди 0 19:20Дана Уайт Перейра ва Анкалаев тўқнашуви эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:58Шавкат Раҳмонов Иан Гаррига жавоб қайтарди 0 18:36"Яратганга шукр". Конор залдаги машғулотлардан суратни жойлаштирди 0

22 okt 16:15
Yangiliklar

Boks/MMA

"Ona yurti, otasi, kelajakdagi rejalari va faoliyatini yakunlash haqida". Xabib Nurmagomedov UFC 254 turnirdan avval katta intervyu berdi

Teglar :  Xabib Nurmagomedov
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangdan avval katta intervyu berdi.

- Ona yurting haqida gapirib bera olasanmi?

- Dog'iston tog'li va yaylovli hududlarga bo'linadi. Biz Kiravolga ko'chib kelganmiz va bu erdan davlat bizga er ajratgan. SHuningdek, meni kelib chiqishim bo'lgan tog'li hududlar ham bor. U erda avlodlarim 600 yildan beri yashab kelishmoqda. Otam oliy malumotli bo'lganlar, ular dastlab kolxoz rahbari edilar. Otam ko'pchilik uchun murabbiy edi, men uchun esa murabbiydan ham ustun inson edi. Otam dastlab bolalarni maktab zalida mashg'ulot olib borardilar, keyinchalik esa mashg'ulotlar men tug'ilib o'sgan uyga ko'chgan. Biz 12 yok i13 yoshimizda Maxachkalaga ko'chib kelganimiz, lekin hali ham Kiravolga ko'p boramiz.

- Otangiz nafaqat sportda balki butun jamiyatning rivoji uchun qattiq harakat qilganlar. Otangizni ishlarni qay darajada davom ettirmoqdasiz?

- Biz ularni ishlarini davom ettirmoqdamiz, menga bu ishlarni davom ettirish yoqmoqda. Otam asos solgan sport maktabida hozir bolalar juda ko'p, bazida joy topish ham masala bo'lib qoladi. Hozir eng kuchlilarni saralab olmoqchimiz, keyin yana bitta sport saroyini quramiz. CHunki sport bilan shug'ullanuvchilar juda ko'p.

- Nima deb o'ylaysan hozirgi yoshlardan nechtasi chempion bo'lishga salohiyati etadi.

- Ko'pchilikda salohiyat etarli bo'ladi, lekin barcha ham bu darajaga chiqa olmaydi. 70 ta jangchidan 6-7 ta chempion chiqishi ham bu katta natija bo'ladi. CHempion bo'lish uchun birinchi navbatda xohish yuqori bo'lishi kerak.Istak bo'lganidan so'ng esa inson aniq reja ishlab chiqishi va u bu reja bo'yicha ishlashi kerak.

- Ochilgan zal AQSHdagi «AKA» bilan bemalol tenglasha oladi. Senga bu qanchalik qulaylik tug'dirmoqda.

- Bunday imkoniyatlar endigina paydo bo'ldi, avvallari bu erda mashg'ulot uchun deyarli sharoit bo'lmagan. «AKA» esa umuman boshqa masala, u erda barchasi professional daraja. Keyin menga AQSHda shug'ullanish ancha qulay, sababi u erda etiborimni faqat mashg'ulotlarga qarataman. Uyda esa oila, ish va boshqa masalalar bilan ham ishlashga to'g'ri keladi.

- Oxirgi bir ikki yil ichida seni faoliyating cho'qqisiga chiqdi. Biroq doim ham bunday bo'lmagan. Uch yil avval sen jiddiy jarohat olgan eding, o'sha vaqtlarda faoliyatingni yakunlash haqida hech o'ylaganmisan?

- O'zing aytib o'tding, hozir pik davrim, lekin bu narsa abadiy emas. Hozir chempionman, lekin men ham kamarimdan ayrilaman. Men uzoq vaqt davomida jarohatlardan qutilish bilan o'tkazdim. Raqiblarim mashg'ulot o'tkazayotgan vaqtida men jarohatlarimdan forig' bo'lishga harakat qilardim. Lekin men doim jarohatlarimdan so'ng yanada kuchli bo'lib qaytardim. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko'ra men jarohatdan qutilganimdan so'ng yanada kuchliroq va tajovuzkor bo'lib qaytganman. Faoliyatimni yakunlash haqida fikrlar bo'lgan, biroq doim mashg'ulot qilganman va bu orqali bu vaziyatdan chiqib ketgan.

- Otang haqida ko'p gapirgansan. Lekin biz bilamiz seni uch nafar farzanding bor bular haqida esa gapirishni istamaysan. Bu esa yaxshi. Ammo sen qanchalik yaxshi otasan?

- Hozircha bolalarim kichkina va shu sababli qanday ota ekanligimni to'liq tushunib etmadim. Biroq men qattiq qo'l bo'lishni istayman. Hozirgi sharoitimda bolalarni nimadandir chegaralab bo'lmaydi, lekin bari bir bazi bir vaziyatda ularni chegaralash kerak. Meni bolalarim singari boy otam bo'lmagan. Lekin men ham otamdek bo'lishni istayman.

- Xabib Nurmagomedov deyarli barcha narsalarga erishib bo'ldi. SHuni inobatga olgan holda sen o'zingni yanada kuchli bo'lishga va yanada ko'proq ishlash uchun motivaciya berishga qiynalmaysanmi?

- Har bir insoning jismoniy chegarasi bo'ladi. Agar sen psixologik resurslaringdan juda tez foydalanib bo'lsang, chegaraga shunchalik tez etib borasan. Men hali ham raqiblarga va janglarga tashnaman. Hali ham eng kuchlilarga qarshi kurasha olishimga ishonaman va hali ancha vaqt eng zo'r bo'lib yurishimga ishonaman. SHuning uchun doim harakat qilaman va bu narsalarni miyamdan chiqarib tashlamayman. Har kuni mashg'ulot olib boraman, har kuni harakat qilaman. Men hali vaqtim kelganini tushunmadim, agar shu kun kelsa, ikkilanmasdan ketaman. CHunki tavakkal qilishni istamayman.

- Ko'pchilik uchun seni ingliz tilda bunchalik ravon gapirishing qiziq. Xabib qanday qilib bu darajada bemalol gaplasha oladigan bo'lding?

- Bir kuni bu sohada mukammal bo'lish uchun faqat jang qilishni bilish kerak emasligini tushundim. Mashhur bo'lish uchun gaplashishni ham yaxshi bilishing kerak. Men jarohat olgan vaqtlarimda yolg'iz bo'lardim va ingliz tilini o'rgandim, gaplashdim. Asosiysi xato qilishdan qo'rqmadim va gaplashishda davom etdim. Hozir ham til borasida o'rganadigan narsalarim juda ko'p. Men o'rganishda davom etmoqdaman.

— Seni ancha kamtar insonligini yaxshi bilamiz. Lekin yoshligingda nimadir olishni istaganmisan va bu narsani katta pul olganingdan so'ng amalga oshdimi?

- Bilmadim. Men avtomobil «jinnisi» emasman. Menga qolsa vertalyot sotib olgan bo'lardim. CHunki hozirgi joyimdan tog'li hududga chiqishim uchun to'rt soat kerak bo'ladi, agar vertalyotda chiqsam bu 15 daqiqa vaqt oladi. Biz u erda katta baza qurmoqdamiz. U erda bir vaqtning o'zida 100 ta sportchi shug'ullanadi. Ochig'i hozir bu darajaga chiqmadim. Lekin hozir bemalol qaysidir do'konga kirib, istalgan narsamni olaman, avvallari esa bu ishni qila olmasdim.

— Seni ko'pchilik yulduzlar bilan rasmga tushasan. Ular bilan qay darajada do'stona aloqang bor?

- Ronaldu, Benzema va Zlatan bilan ko'p gaplashib turamiz. Menga futbol yoqadi. Futbol bu birinchi raqamli sport turi. Yoshligimda futbolchi bo'lishni istaganman, lekin o'xshamadi. Menga MMA va UFC'ga nisbatdan futbol ko'proq yoqadi. Futbolni qancha ko'rsam doim yoqadi.Biroq UFC'ni barcha janglarini tomosha qilmayman. Men futbol haqida juda ko'p narsani bilaman.

- Qaysidir mashhur inson bilan uchrashishni istagan bo'larding?

- Muhammad Ali bilan. To'g'ri menda bunday imkoniyat bo'lgandi, biroq u vaqtda Alining sog'ligida muammolar bor edi. Keyin esa uchrashish imkoni bo'lmadi.

- Jangga oz vaqt qolganda va oktagonga ko'tarilish vaqtingda hayolingdan nimalar o'tadi? Qo'rquv bo'ladimi?

- CHempion qo'rqmasligi bilan ham ajralib turadi. Ularda qo'rquv bo'lsa, raqiblari u bilan istagan ishini qilishi mumkin. Bazi bir jangchilar doim muhim janglarida mag'lub bo'lishida, buning sababi jangdan avval qo'rqib mag'lub bo'lishgan bo'ladi. Aynan shu narsa bilan men boshqalardan ajralib turaman.

- Ko'pchilik seni ikkita jangdan so'ng faoliyatingni yakunlashingni aytmoqda. Sen aniq qarorga kelib bo'lganmisan?

- 2 ta yoki 3 ta jang degan gap yo'q. Menda jangga bo'lgan tashnalik bor ekan, men oktagonga ko'tarilishda davom etaman. Bu qancha vaqt davom etishini aniq emas. Balki keyingi jangimdan so'ng ham ketishim mumkin. Avvallari otam bilan maslahatlashib qaror qabul qilardim, hozir esa bitta o'zim barchasini hal qila olaman. Men yaqinlarimni fikriga doim quloq solaman, lekin so'nggi nuqtani o'zim qo'yaman.

Reyting:    

Fikrlar

   
22 okt 17:56:38
Asadulloh Yusupov
Khabib sen barchaga o’rnak bo”lib qolasan
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing