22 iyu 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Ortis Artur Beterbievning zaif jihatlari haqida gapirdi
Yarim o'rta vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik bokschi Verjil Ortis (18-0, 18 KO) yarim og'ir vaznda WBC, IBF va WBO chempioni Artur Beterbievning nozik jihatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ochig'ini aytadigan bo'lsam, Beterbiev juda ko'p zarba o'tkazib yuboradi. Meni noto'g'ri tushunmang, u haqiqatan ham yaxshi jangchi. Artur himoyada biroz sust bo'lishi mumkin. U bir nechta himoya usullarini o'rganishi kerak," — dedi Ortiz jurnalistlarga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev WBA kamari sohibi Dmitriy Bivolga qarshi ringga ko'tarilish niyatida ekanligini malum qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar