12 fev 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA

"O'shanda -64 kg vaznda yutqazib qo'ygandim". SHahram G'iyosov Rio Olimpiadasi oldidan nimalar bo'lganini esladi + VIDEO
Rio Olimpiadasi finalchisi, jahon chempioni SHahram G'iyosov Instagramdagi sahifasi orqali 2015 yilgi jangini esladi.
"2015 yil Germaniya.. Kechagidek esimda. O'shanda -64 kg da yutqazib qo'yib, Olimpiada uchun bo'ladigan licenziya turnirini qo'ldan boy bergandim... Lekin g'alabaga ishtiyoq, mehnatsevarlik, orzular, ustozlar, yaqinlar, qiyinchiliklar taslim bo'lishimga yo'l qo'ymadi va vaznimni -69 kg.ga ko'tarib, licenziyani qo'lga kiritib Olimpiadaga borgan edim. Undan keyin nimalar bo'lganini o'zlariz yaxshi bilasizlar! Bu turnir hayotimni o'zgarishiga va yangi chaqiruvlarni qabul qilishimga majbur qilgan... Yaratganga behisob shukurlarkim, o'shanda mani eshitib va duolarimni qabul qilganiga. Va hozir nimaga ega bo'lsam, hammasi Uning marhamatidir! Raxmat!", - deb yozib qoldirdi SHahram.
Havola :
Manba : instagram.com/shakhram__giyasov
Fikrlar