So’nggi yangiliklar

17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0

18 fev 13:40
Yangiliklar

Boshqalar, Qishki sport turlari

“Osiyo bolalari” birinchi xalqaro qishki sport o'yinlari yakuniga etdi

Teglar :  Osiyo bolalari
Xabar berganimizdek, 8-17 fevral kunlari Rossiya Federaciyasining Yujno-Saxalinsk shahrida 16 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida “Osiyo bolalari” birinchi xalqaro qishki sport o'yinlari o'tkazildi.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi hamda YUNESKO tashkiloti shafeligida ilk bora tashkil etilgan musobaqada 20ta davlatdan jami 1 196 nafar atlet g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Ishtirokchilar qatoridan Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Mo'g'uliston, Afg'oniston, Hindiston, Nepal, Janubiy Koreya, Tailand, Gonkong, Filippin, Yaponiya, BAA, Kuvayt, Suriya, Iordaniya, Armaniston hamda O'zbekiston davlatlari o'rin olgan edi. Mezbon Rossiya esa hududiy bo'linishiga ko'ra Saxalin viloyati, Yoqutiston, Boshqirdiston, Tatariston, Moskva, Sibir, Ural hamda Uzoq SHarq federal okruglari sifatida alohida-alohida jamoa bo'lib qatnashdi.

photo5426842125577857549.jpg


9 kun davom etgan bellashuvlarda yosh atletlar qishki sport turlaridan tog' chang'isi, chang'i poygasi, snoubord, biatlon, tramplindan sakrash, figurali uchish, short-trek va xokkey bo'yicha 93 ta medallar shodasi uchun kurash olib borishdi.

Afsuski, “Osiyo bolalari” birinchi xalqaro qishki sport o'yinlarida hamyurtlarimiz bironta ham medalga ega chiqisholmadi. 

Jumladan, figurali uchish musobaqalarida hamyurtimiz Azizmurod SHabazov 19 nafar ishtirokchi orasida 15-o'rinni egallagan bo'lsa, qizlarimiz ham ancha bo'sh ishtirok etishdi. CHunonchi, Niginabonu Jamoliddinova 33 ishtirokchi orasida 25-o'ringa sazovor bo'ldi. Uning dugonasi Diana Rahmonqulova esa 26-pog'onadan joy oldi.

Tog' chang'isi bo'yicha o'tkazilgan bahslarda terma jamoamiz bayroqdori Medet Nazarov ham 12-natijani qayd etdi va sovrinli o'rinlardan chetda qoldi. Nihoyat snoubord musobaqalarida ham atletlarimiz final bosqichiga etib kelisholmadi. Bu tushunarli, negaki so'nggi yillarda mamlakatimizda qishki sport turlariga etibor ancha pasayib ketgan edi. Boz ustiga, oxirgi yillarda iqlimning sezilarli darajada o'zgarib ketishi natijasida yurtimizda qish faslida ham mo'tadil iqlim kuzatilayotgandi. SHunday sharoitlarda sportchilarimizdan qanday qilib yuksak natija kutish mumkin?


photo5426842125577857551.jpg

“Osiyo bolalari” birinchi xalqaro qishki sport o'yinlarida Ural federal okrugi jamoasi norasmiy umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Ular 10ta oltin, 5ta kumush hamda 9ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Moskva shahri vakillari esa 9ta oltin, 5ta kumush va 7ta bronza medali bilan 2-o'rinni qo'lga kiritishgan bo'lsa, kuchli uchlikni 8ta oltin, 9tadan kumush va bronza medali bilan mezbonlar – Saxalin viloyati jamoasi yakunlab berdi.

Janubiy koreyalik yosh atletlar ham “Osiyo bolalari” birinchi xalqaro qishki sport o'yinlarida munosib ishtirok etishdi va ular ortga 8ta oltin, 9ta kumush va 6ta bronza medali bilan qaytadigan bo'lishdi. Bu natija koreyslarga faxrli 4-o'rinni taqdim etdi. 

TOP-10dan Sibir federal okrugi, Qozog'iston, Uzoq SHarq federal okrugi, Yaponiya, Tatariston hamda Yoqutiston jamoalari o'rin olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing