05 okt 10:00
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarida beshinchi bo'lgan O'zbekiston delegaciyasi Toshkentda kutib olindi (FOTOGALEREYA)
Sportchilar maxsus charter reys orqali poytaxtga etib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida delegaciyani Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat vakillari, Sport vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va Paralimpiya qo'mitasi rahbariyati, Toshkent shahar hokimligi vakillari, sport jamoatchiligi hamda muxlislar kutib oldi.
Tantanali marosimda Abdulla Aripov sportchilarni XX yozgi Osiyo o'yinlarida qayd etilgan natijalar bilan tabrikladi. SHuningdek, delegaciya azolariga Prezident tabrigi etkazildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston delegaciyasi Osiyo o'yinlarida 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza — jami 70 ta medal qo'lga kiritdi. Ushbu natija bilan O'zbekiston umumjamoa hisobida 5-o'rinni egalladi.
Kutib olish marosimidan suratlar:
























Suratlar muallifi: Dildora Rustamova/olamsport.com
Fikrlar