So’nggi yangiliklar

23:30Breaking! Эндигина спортга қайтган Алишер Усмонов кутилмаганда Халқаро қиличбозлик федерацияси президентлигидан кетди, бунга нима сабаб бўлди? 0 21:57"Ҳумо" "Иртиш"ни иккинчи ўйинда ҳам аяб ўтирмай, рақиб дарвозасига 10 та шайба киритди 0 19:43Улуғбек Рашитов — дунё миқёсида "йилнинг энг яхши эркак спортчиси" деб топилди! 0 19:22"Барселона"нинг юлдуз тарбияланувчиси "Арсенал" ва "Реал" шорт-листига кирди 0 19:01Пантожа Асакурага, Раҳмонов эса Гаррига қарши! Йилнинг сўнгги рақамли турнири — UFC 310 ҳақидаги маълумотлар билан танишинг 0 18:39Нодирбек Абдусатторов "WR Chess" жамоасини тарк этди 0 18:17Саудиядагилар Фьюри ва Кличко ўртасида жанг ташкил қилиш истагида 0 17:54"Челси" Мудрикнинг келажаги борасида бир қарорга келди 0 17:31Singapore International Open. Гулдонада кетма-кет иккинчи мағлубият, қолганларда ғалаба 0 17:10Ҳумоюн Султонов 992-ракеткага қарши қийин учрашув ўтказди 0 16:48Сабина Бобоқулова Осиё чемпионати ярим финалига чиқди 0 16:37Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжумани (тўлиқ) 0 16:16WBA рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:54Таэквондочиларимиз Хитойдаги иккита халқаро мусобақада иштирок этади, таркиб маълум 0 15:29Фарзона Фозилова Осиё чемпионатида мезбон боксчига қарши жанг қилди 0

30 sen 19:12
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining ettinchi kunida o'zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi

Bugun, 30 sentyabr kuni Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida ettinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Bugun O'zbekiston sport delegaciyasi azolari 3 ta oltin, 1 ta kumush hamda 1 ta bronza medaliga ega chiqishdi

Oltin:

Artyom SHturbabin

Hilola Ortiqboeva

Muhsin Hisomiddinov

Kumush:

Sitora Elmurodova

Bronza:

Suxrob Xojaev



--------------------------


Ushbu sahifa orqali kun doirasida ishtirok etgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.


SAHIFANI YANGILASH


18:53. Bahodir Jalolov chorak final doirasida tojikistonlik Muhammad Abroriddinov bilan jang qildi va ikkinchi raundda muddatidan oldin g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi.


18:33. Ekaterina Voronina 200 metrga yugurish bahslarida 25.45 soniya natija qayd etib, o'z guruhida ikkinchi bo'ldi. SHunday qilib, bugun o'tkazilgan to'rt yo'nalish bo'yicha Voronina 3487 ochko jamg'ardi, u umumiy reytingda ikkinchi pog'onada bormoqda.


18:30. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev chorak finalda qozog'istonlik Aslanbek SHimbergenovga qarshi jang qildi va afsuski, 3-raundda texnik nokaut bilan mag'lubiyatga uchradi.


17:58. Og'ir atletika bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan sportchilarimiz — Nigora Abdullaeva 195 kg bilan oltinchi, Jamila Panfilova esa 192 kg bilan ettinchi o'rinni egalladi. 


17:32. Bizda navbatdagi medal! Hamyurtimiz Suxrob Xojaev bosqon uloqtirish bahslarida 70.79 metr natija qayd etib, xitoylik va qatarlik sportchidan so'ng bronza medalini qo'lga kiritdi. 


17:25. Engil atletikachimiz Laylo Allaberganova 400 metrga yugurish bahslarida finaldagi chiqishini yakunladi. U 8 nafar sportchi ichida marraga ettinchi bo'lib etib keldi.


17:12. Suvga sakrash. 3 metrga sinxron usulda sakrash bahslarida ishtirok etgan terma jamoamiz azolari — Igor Myalin hamda Vyacheslav Kachanov oltita urinish yakuniga ko'ra 357.06 ochko jamg'ardi va oltita terma jamoa orasida beshinchi o'rin bilan kifoyalandi.


17:07. Og'ir atletikachilarimiz Nigora Abdullaeva hamda Jamila Panfilova dast ko'tarish bahslarini yakunladi. Bu bahslarda Abdullaeva 87, Panfilova 88 kg natija qayd etdi. Dast ko'tarishdagi eng yaxshi natija shimoliy koreyalik sportchiga tegishli bo'lib turibdi - 103 kg.


16:58. Ekaterina Voronina yadro uloqtirishda uchinchi natijani qayd etdi. U umumiy jadvalda hamon ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Birozdan so'ng u 200 metrga yugurish bahslarida qatnashadi.


16:50. SHaxmat. Jamoaviy dasturda 2-raund yakunlandi. Erkaklar terma jamoamiz Hindiston bilan, qizlarimiz esa Filippin bilan 2:2 hisobida durang qayd etishdi. 


16:31. Bokschimiz Nigina O'ktamova chorak finalda yaponiyalik Rinka Kinoshita bilan jang qildi va 5:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'llanma oldi.


15:12. Avvalroq xabar berganimizdek, 3x3 basketbol bo'yicha ayollar terma jamoamiz musobaqadagi ishtirokini chorak final saralashida yakunladi. Hamyurtlarimiz so'nggi o'yinida Tailandga 7:19 hisobida mag'lub bo'ldi. SHunday qilib, qizlarimiz Osiyo o'yinlarini umujamoa hisobida 14 ta terma jamoa orasida 11-o'rinda yakunladi.


15:02. CHim ustida xokkey terma jamoamiz 5-tur doirasida Bangladesh bilan o'ynadi va 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Terma jamoamiz musobaqada g'alaba qozonganicha yo'q. So'nggi o'yin 2 oktyabr kuni Singapurga qarshi bo'lib o'tadi.


14:52. Suv polosi. Ayollar terma jamoamiz 5-turda Singapurga qarshi bahs olib bordi va 11:14 hisobida mag'lub bo'ldi. Termamiz ayni damda 7 ta terma jamoa ichida 6-o'rinni egallab turibdi. Musobaqa doirasidagi so'nggi o'yin ertaga Qozog'istonga qarshi bo'lib o'tadi.


14:42. O'zbekiston ayollar futbol terma jamoasi 120 daqiqa davom etgan chorak final bahsida Xitoy Taypeyi ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi va yarim finalga yo'l oldi.


14:15. Futbol. Ayollar. O'zbekiston - Xitoy Taypeyi 2:1. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qo'shib berilgan bo'limlarning birinchisida esa vakilalarimiz yana hisobda oldinga chiqib oldi. 


13:15. Futbol. Ayollar. O'zbekiston - Xitoy Taypeyi 1:0. Diyoraxon Xabibullaeva uchrashuvning 52-daqiqasida hisobni ochdi!


13:01. 3x3 basketbol. Qizlarimiz Tailandga 7:19 hisobida yutqazib qo'yishdi. 


12:48. Futbol. Ayollar. Birinchi bo'limdan so'ng hisob O'zbekiston - Xitoy Taypeyi 0:0.


12:41. Futbol. O'zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taypeyiga qarshi chorak final o'yinini o'tkazmoqda. Hozircha hisob 0:0.


12:38. SHaxmatchilarimiz ham 2-turni boshlashdi. Erkaklar terma jamoamiz Hindiston, qizlarimiz esa Filippin terma jamoasiga qarshi bahs olib borishmoqda.


12:31. Boks. Abdumalik Xalokov Osiyo o'yinlaridagi ikkinchi jangini vetnamlik raqibga qarshi o'tkazdi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu g'alaba orqali u chorak finalga yo'l oldi. Uning navbatdagi jangi 3 oktyabr kuni filippinlik raqibga qarshi o'tkaziladi.


12:07. OLTINNNN! Muhsin Hisomiddinov finalda turkmanistonlik Tejen Tejenovni mag'lubiyatga uchratdi va Osiyo o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritdi!!!


11:57. -52 kg vazn toifasidagi O'zbek finalida Hilola Ortiqboeva Sitora Elmurodovani mag'lubiyatga uchratdi va Osiyo o'yinlari chempioniga aylandi! Sitora Elmurodova esa delegaciyamiz hisobiga kumush medalni taqdim etdi.


11:52. Bizda kunning ilk oltin medali! Kurashchimiz Artyom SHturbabin finalda eronlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va Osiyo o'yinlari g'olibiga aylandi! 


11:28. +90 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Muhsin polvon Hisomiddinov yarim final bosqichida tailandlik Kunatip Yea Onni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi!


11:18. -52 kg vazn finalida o'zbek derbisi guvohiga aylanamiz! Sitora Elmurodova yarim final jangida tailandlik  Saovalak Xomklinni 10:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


11:13. Hilola Ortiqboeva yarim final bosqichida turkmanistonlik Aynur Amanovani halol usuli bilan 10:0 hisobida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.


11:03. Artyom SHturbabin finalda! U koreyalik raqibini halol bahosi bilan 10:0 hisobida mag'lub etdi.


11:00. Kurashchilarimiz ishtirokidagi yarim final bahslari start oldi.


— Ekaterina Voronina endilikda yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:10 da boshlanadi.


Kurashchilarimiz birozdan so'ng yarim final janglarini o'tkazishadi, ularning raqiblari bilan tanishing:

-66 kg. Artyom SHturbabin - Jaedog Kvon (Koreya Respublikasi)

-52 kg. Hilola Ortiqboeva - Aynur Amanova (Turkmaniston)

-52 kg. Sitora Elmurodova - Saovalak Xomklin (Tailand)

+90 kg. Muhsin Hisomiddinov - Kunatip Yea On (Tailand)


— Kurashchilarimiz ishtirokidagi yarim final bahslari Toshkent vaqti bilan 11:00 da boshlanadi.


9:02. Engil atletika. Uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan Anvar Anvarov saralash bosqichida 7,63 metr natija qayd etib, o'z saralash guruhida beshinchi bo'ldi. Quvonarlisi, Anvarov ushbu natijasi orqali ertaga bo'lib o'tadigan final bosqichiga yo'llanma oldi.


8:56. Muhsin Hisomiddinov hamda Sitora Elmurodovalar ham chorak finalda g'alaba qozongan holda keyingi bosqichga yo'l oldi.


8:44. Ekaterina Voronina balandlikka sakrash bahslarini 1.82 metr natija bilan yakunladi. Uning ko'pkurash bo'yicha umumiy natijasi 1003 ochkoni tashkil etmoqda. Hamyurtimiz to'siqlar osha yugurish va balandlikka sakrash bahslaridan so'ng etakchi bo'lib turibdi.


8:38. Hilola Ortiqboeva (-52 kg) chorak final bahsini qozog'istonlik raqibasi Tolganay Abeuvaga qarshi o'tkazdi va 10:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi.


8:31. -66 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Artur SHturbabin chorak finalda filippinlik Rayan Benavidesni 10:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi! 


8:26. Baydarkada eshkak eshish. Ozodjon Amriddinov va Denis Onufrievdan iborat juftlik terma jamoamiz 500 metrga kechgan saralash bahsida 1:38.285 natija qayd etib, o'z saralash guruhida uchinchi bo'ldi va finalga yo'l oldi.


8:20. Engil atletika. Ko'pkurash bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Ekaterina Voronina 100 metrga to'siqlar osha yugurish bellashuvida 912 ochko jamg'arib, o'z guruhida ikkinchi bo'ldi. Hamyurtimiz ayni damda balandlikka sakrash bahslarida ishtirok etmoqda.


8:17. Kanoeda eshkak eshish. 500 metrga kechgan bahsda erkaklar juftligimiz - Artur Guliev hamda Kamronbek Ahtamov 1 daqiqa 48 soniyada marraga birinchi bo'lib etib keldi va final bosqichiga yo'l oldi.


8:13. Yana bir kurashchimiz Sitora Elmurodova (-52 kg) qozog'istonlik Arujan Adashxanni 5:0 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi. 


8:07. O'q otish. Muhammad Kamolov va Sitora Ergashboevadan iborat mikst terma jamoamiz 19 juftlik orasida 554 ochko bilan o'n ettinchi natijani qayd etdi va finalga chiqa olmadi.


8:00. Triatlon. Alina Hakimova o'z ishtirokini 2:10:50 soatda yakunladi va 10-natijani qayd etdi. Irina Juldbina esa 2:12:33 natija qayd etdi va musobaqada o'n ikkinchi bo'ldi.


7:44. Kurashchimiz Hilola Ortiqboeva (-52 kg) nimchorak finalda filippinlik SHarmea Kuelino bilan jang qildi va 10:0 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.


7:39. Baydarkada eshkak eshish. 500 metrga kechgan saralash bahsida ayollar juftligida Ekaterina SHubina va Arina Tanatmisheva o'z saralash guruhida xitoyliklardan so'ng ikkinchi bo'ldi va finalga yo'l oldi.


7:18. Kanoeda eshkak eshish bo'yicha sportchimiz Vladlen Denisov 1000 metrga kechgan bahsda 4:43.784 daqiqa natija qayd etdi va final bosqichiga yo'l oldi.


6:51. Baydarkachi SHahriyor Mahkamov 1000 metrga baydarkada eshkak eshishning saralash bahslarida 3:52.568 daqiqa natija qayd etdi va o'z saralash guruhida ikkinchi bo'ldi. Quvonarlisi, SHahriyor bu g'alabasi orqali final bosqichiga ham yo'l oldi.


6:21. Ayni damda o'zbekistonlik sportchilar triatlon va o'q otish sport turlarida ishtirokini davom ettirmoqda. Triatlonchilarimiz ayni damda ikkinchi bosqichda (40 km velopoyga) ishtirok etmoqda.


Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokiga oid navbatdagi onlayn matnli translyaciyani boshlaymiz.

-----------------------

Bugun kun davomida quyidagi sportchilar O'zbekiston sharafini himoya qiladi:

5:00. - Triatlon. Ayollar, individual. Alina Hakimova, Irina Juldbina

6:00. - O'q otish. Mikst, 10 metrga to'pponchadan o'q otish. O'zbekiston (Muhammad Kamolov, Sitora Ergashboeva)

6:00. - Engil atletika. Ayollar, Etti kurash (100 metrga to'siqlar osha yugurish). Ekaterina Voronina

6:05. - Engil atletika. Erkaklar, uzunlikka sakrash, saralash. Anvar Anvarov

6:30. - Baydarkada eshkak eshish. Erkaklar, 1000 metr, saralash. SHahriyor Mahkamov

6:30 dan so'ng. - Kurash. Hilola Ortiqboeva  

6:30 dan so'ng. - Kurash. Sitora Elmurodova

6:30 dan so'ng. - Kurash. Muhsin Hisomiddinov

6:30 dan so'ng. - Kurash. Artyom SHturbabin

6:50. - Engil atletika. Ayollar, Etti kurash (balandlikka sakrash). Ekaterina Voronina

6:58. - Kanoeda eshkak eshish. Erkaklar, 1000 metr, saralash. Vladlen Denisov

8:18. - Baydarkada eshkak eshish. Ayollar juftligi, 500 metr, saralash. O'zbekiston (Ekaterina SHubina, Arina Tanatmisheva)

8:38. - Baydarkada eshkak eshish. Erkaklar juftligi, 500 metr, saralash. O'zbekiston (Ozodjon Amriddinov, Denis Onufriev)

8:54. - Kanoeda eshkak eshish. Erkaklar juftligi, 500 metr, saralash. O'zbekiston (Artur Guliev, Kamronbek Ahtamov)

11:10. 3x3 Basketbol. Ayollar, chorak final saralashi. O'zbekiston - Tailand

12:00. - Futbol. Ayollar, chorak final. O'zbekiston - Xitoy Taypeyi

12:00. SHaxmat. Erkaklar terma jamoamiz, jamoaviy

12:00. SHaxmat. Ayollar terma jamoamiz, jamoaviy

12:15 dan so'ng. - Boks. Erkaklar, -57 kg, nimchorak final. Abdumalik Xalokov - Van Duong Nguen (Vetnam)

12:45. - CHim ustida xokkey. Erkaklar. O'zbekiston - Bangladesh

13:30. - Suv polosi. Ayollar, 5-tur. O'zbekiston - Singapur

16:00. - Engil atletika. Erkaklar, bosqon uloqtirish, final. Suhrob Xojaev

16:00. - Og'ir atletika. Ayollar (-55 kg) Jamila Panfilova 

16:00. - Og'ir atletika. Ayollar (-55 kg) Nigora Abdullaeva

16:15 dan so'ng. - Boks. Ayollar, -54 kg, chorak final: Nigina O'ktamova - Rinka Kinoshita (Yaponiya)

16:30. - Suvga sakrash. Erkaklar, 3 metrga sinxron usulda. Vyacheslav Kachanov, Igor Myalin

17:00. - Engil atletika. Ayollar, 400 metrga yugurish, final. Laylo Allaberganova

18:10 dan so'ng. - Boks. Erkaklar, -71 kg, chorak final: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Aslanbek SHimbergenov (Qozog'iston)

18:45. - Boks. Erkaklar, +92 kg, chorak final. Bahodir Jalolov - Muhammad Abroriddinov (Tojikiston).

Reyting:    

Fikrlar

+1   
30 sen 18:40:59
Bulent Ersoy
Qochib yuruvdi boshqa tajribaliroq sportchi olib boridh keremidi
+1   
30 sen 18:39:41
Bahromjon
Yoqolsin Tulqin Qilichov. Taktika qo’yishni bilmidi! Yoqolsin!!!
+1   
30 sen 17:45:52
Bulent Ersoy
Uzi osiyda Suxrob va yan tojikistonli xamkasbi eng yaxshila edi qatarlik qaerdan chiqti xitoy mayli
+1   
30 sen 17:04:34
Bulent Ersoy
Ekatrinani eng yaxshi kuragigani nayza uloqtirish ediyu shunda yutmagan bulsa bilmadim
+1   
30 sen 12:15:56
Bulent Ersoy
Yaxshiyam kurashimiz borakana
+1   
30 sen 08:28:35
Bulent Ersoy
Kurashda omad lekin xammasini yutanimiz bn bu bizga xechnima bermaydi chunki Olimpia dasturiga kiritilmagan asosiysi biz Olimpia dasturiga kiritilgan yunalishlarda yuqori urinlarni olsak xaqiqiy yutuq bulardi omad
+1   
30 sen 08:24:26
Bulent Ersoy
Engil atletikani qaerdan kuzatish mumkin jonga tekdi qanaqa translatsiya bu
+1   
30 sen 08:09:12
Bulent Ersoy
Engil atletika nima buldi nimaga 2kundan beri malumot yoki translatsiya yuq 0 baxo translatsiyachimizga xar doyimgidek zapis kursatadi kerarakmas narsalarni kursatadi
   
30 sen 22:41:03
Boks
Ozbek boksi tarixdagi eng sharmandali maglubyatlardab bori eng yomoni bolmasa
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing