So’nggi yangiliklar

22:15Хабаровскдаги халқаро турнир: Барча боксчиларимизда ғалаба! 1 19:42Украина терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби аниқ 0 19:21Майк Тайсон: "Ҳеч қандай сценарий йўқ, шунчаки Жейк Полни нокаут қиламан" 0 19:00Том Аспиналл камарини ўз уйидаги турнирда ҳимоя қилади 0 18:39"Ян билан жангимиз ғолиби чемпионлик учун октагонга чиқиши керак" - Вера 0 18:18ЎФА тасдиқлади. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Янги Зеландияга қарши ўйнайди 0 17:57"Мен у учун жуда йириклик қиламан" - Масвидаль Конор Макгрегор ҳақида 0 17:36Александр Усик 40 ёшгача жанг қилмоқчи 0 17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0

26 sen 18:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Qilichbozlik, Dzyudo, SHaxmat, Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining uchinchi kunida o'zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Bugun, 26 sentyabr kuni Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida uchinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun davomida o'zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.

Sovrindorlarimiz ro'yxati: 

Oltin:

Muzaffarbek To'raboev (dzyudo)


Kumush: 

Davlat Bobonov (dzyudo)

Javohir Sohibov, Muxtasar Toxirova (o'q otish)


Bronza:

CHaros Qayumova (taekvondo)

Irisxon Qurbonboeva (dzyudo)

Alisher Yusupov (dzyudo)

Darya Latisheva (ushu)

Zaynab Dayibekova (qilichbozlik)


- - - - - - 


Ushbu sahifa orqali bugungi kun doirasida ishtirok etayotgan sportchilarimizning natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH


17:45. SHaxmat. Nodirbek Abdusattorov mo'g'ulistonlik raqib bilan durang o'ynadi. Javohir Sindarov esa eronlik raqibdan ustun keldi. 

Qizlarimizdan Umida Omonova xitoylik raqibasi bilan durang o'ynadi. Nilufar Yakubboeva esa koreyalik raqibasidan ustun keldi. 


17:17. Ushu. Jamshidbek Guliboev filippinlik Arnel Mandalga yutqazdi.


16:15. SHaxmat. Umida Omonova xitoylik raqibasini mag'lub etdi. Nilufar Yakubboeva esa BAA vakilasiga yutqazib qo'ydi. 


15:56. Zaynab Dayibekova yarim finalda koreyalik raqibga 14:15 hisobida yutqazdi. Exxxx. Ozgina etishmadi! SHu tariqa Zaynab bronza medali bilan kifoyalandi... BRONZA!


15:42. Zaynab Dayibekova koreyalik raqibga qarshi yarim finalni boshladi! "Sport TV"da jonli efir!


15:25. Nodirbek Abdusattorov hindistonlik, Javohir Sindarov esa xitoylik raqibga yutqazib qo'ydi.


14:53. Sport gimnastikasi. Asadbek Azamov 6, Ravshan Komiljonov esa 8-o'rinda yakunladi. Bahslarda 18 sportchi ishtirok etgandi.


14:50. CHim ustida xokkey bahslarida yigitlarimiz Yaponiyaga 1:10 hisobida yutqazishdi. 


14:42. Dzyudochimiz Alisher Yusupov yaponiyalik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi va bronza medaliga ega chiqdi!


14:13. OLTINNNN!!! Dzyudochi Muzaffarbek To'raboev finalda mo'g'ulistonlik raqibini mag'lub etdi va Osiyo o'yinlari chempioniga aylandi!


13:48. Ushu. Darya Latisheva Nankuan&Nandao yo'nalishida bronza medalini qo'lga kiritdi! BRONZA!


13:43. Nodirbek Abdusattorov xitoylik kuchli raqib - Yi Veini mag'lub etdi va medal uchun imkoniyatlarni yaxshilab oldi! Javohir Sindarov esa tajribali hind - Arjun Erigaisidan ustun keldi. 

Qizlarimizdan Umida Omonova singapurlik raqibasini yutdi. Nilufar Yakubboeva esa hindistonlik Xumpi Koneruga imkoniyatni boy berdi. 


13:40. Dzyudochimiz Irisxon Qurbonboeva mo'g'ulistonlik raqibasini ippon evaziga mag'lub etdi va bronza medalini qo'lga kiritdi!


13:37. Suv polosida qizlarimiz Janubiy Koreyani 18:8 hisobida mag'lub etishdi!


13:33. Qilichboz yigitlarimiz o'z yurishlarini to'xtatishdi. Javohir Nurmatov Qozog'iston, Fayzulla Alimov esa Janubiy Koreya vakiliga yutqazdi.


13:26. Davlat Bobonov finalda qirg'izistonlik raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi va kumush medal bilan kifoyalandi.. Exxx... Bizda KUMUSH!


13:05. Qilichbozlik. Javohir Nurmatov nimchorak final bellashuvida qozog'istonlik tajribali Elmir Alimjanovga 8:13 hisobida mag'lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi.


12:43. Taekvondo. CHaros Qayumova yarim final jangini o'tkazdi. Xitoy Taypeyi vakilasi Vey CHun Linga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHunga qaramay, CHaros Osiyo o'yinlarining bronza medalini qo'lga kiritdi!


12:34. Qilichbozlik. Javohir Nurmatov filippinlik raqibini 15:13 hisobida taslim etdi va nimchorak final masalasini hal qildi.


12:23. Qilichbozlik. Fayzulla Alimov 1/16 final doirasida qirg'izistonlik Ilim Baktibek Uluuni 15:8 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va nimchorak finalga yo'l oldi. 


12:00. Abdumalik Xalokov Xitoy Taypeyi bokschisini ishonchli tarzda 5:0 hisobida mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi!


11:46. Taekvondochimiz Madina Mirabzalova chorak finalda Xitoy Taypeyi vakilasiga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.


11:45. Taekvondo. CHaros Qayumova filippinlik raqibasini 2:1 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi!


11:14. Afsuski bokschimiz Aziza Zokirova tailandlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.


10:55. Davlat Bobonov yarim finalda mo'g'ulistonlik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi!


10:25. Muzaffarbek To'raboev Qozog'iston vakilini mag'lub etdi va Osiyo o'yinlari finaliga yo'l oldi!


10:19. Dzyudochimiz Irisxon Qurbonboeva afsuski yarim finalda xitoylik raqibasiga yutqazdi. Endi u ham bronza uchun kurashadi. 


10:00. Afsuski Rinata Ilmatova o'tish jangida qozog'istonlik raqibasiga yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 


9:44. Velosport. Trekning jamoaviy bahslari saralashida erkaklar terma jamoamiz 7 jamoa ichida 6-natijani qayd etishdi. 


9:37. Alisher Yusupov yarim finalda BAA sharafini himoya qilayotgan Magomedomar Magomedomarovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun kurashadi.


9:34. Dzyudochimiz Davlat Bobonov chorak finalda koreyalik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi va Osiyo o'yinlari yarim finaliga chiqdi!


9:15. Humoyun Sultonov tailandlik raqibini 6:4, 6:2 hisoblarida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi!


9:12. Velosportchi qizlarimiz jamoaviy trek saralashida 6 jamoa ichida 5-natijani qayd etdi.


9:00. Dzyudo. Rinata Ilmatova chorak finalda koreyalik raqibasiga yutqazib qo'ydi. Unda hali bronza medali uchun imkoniyat bor.


8:56. O'q otish. Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirova aralash bahslar finalida mezbon Xitoyga qarshi bellashishdi. Afsuski ushbu bahsda mezbonlarning qo'li baland keldi. Bizda KUMUSH medal! O'q otishdagi kumush - kutganimizdan ancha yaxshi!


8:53. Zaynab Dayibekova chorak finalda xitoylik raqibasini 15:12 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi!


8:44. Dzyudo. Irisxon Qurbonboeva qozog'istonlik raqibasidan ustun keldi va yarim finalga yo'l oldi.


8:32. Dzyudochimiz Alisher Yusupov qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi.


8:25. Ikki nafar taekvondochimiz 11:00dan so'ng boshlanadigan chorak final bahslarida jang qiladi:

-53 kg: CHaros Qayumova - Jesika Kanabal (Filippin)

-57 kg: Madina Mirabzalova - CHia Ling Lo (Xitoy Taypeyi)


8:22. Zaynab Dayibekova birozdan so'ng chorak finalda xitoylik raqibasiga qarshi bahs olib boradi.


8:18. Qilichbozlik. Paola Pliego asosiy davraning ilk bosqichidayoq yutqazdi. U koreyalik raqibasiga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi.


8:08. Taekvondo. Madina Mirabzalova ilk bosqichda tojikistonlik raqibasidan ustun keldi.


8:02. Humoyun Sultonov tailandlik raqibga qarshi bahsda birinchi setni o'z foydasiga hal qildi - 6:4.


7:58. Dzyudo. Davlat Bobonov g'alaba bilan boshladi. U ilk bosqichda Bahrayn sharafini himoya qilayotgan Sulim Maraevni ippon evaziga mag'lub etdi.


7:50. Zaynab Dayibekova yaponiyalik raqibasini 15:12 hisobida mag'lubiyatga uchratdi!


7:44. Dzyudo. Rinata Ilmatova nepallik raqibasini ippon evaziga mag'lub etdi.


7:40. Taekvondo. CHaros Qayumova gonkonglik raqibasini 2:0 hisobida mag'lub etdi va keyingi bosqichga chiqdi.


7:38. Suzish. 400 metrga kompleks suzish bahslarida Egor Petryakov saralashda 4:27.87 natija ko'rsatdi va o'z guruhida 8 sportchi ichida 6-o'rinni egalladi. U medallar uchun kurashdan chiqdi.


7:30.Tennischimiz Humoyun Sultonov tailandlik raqibiga qarshi uchrashuvni boshladi.


7:23. Dzyudo. Irisxon Qurbonboeva ilk saralash bosqichida KXDR vakilasini ikkita vazari evaziga mag'lubiyatga uchratdi


7:14. Taekvondo. Niyoz Po'latov ilk bosqichdayoq koreyalik raqibga to'qnash keldi va afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi. Exx... Omadsiz qura.


7:05. Qilichbozlik. Zaynab yaponiyalik, Paola esa koreyalik raqibga qarshi asosiy davrani boshlaydigan bo'ldi. Qiyin qura.


6:50. Qilichbozlarimiz Zaynab Dayibekova va Paola Pliego mos ravishda 10 va 11-o'rinni qo'lga kiritib, asosiy bosqichga yo'l olishdi. 


6:45. Etiborlisi, o'q otuvchilarimiz ikkinchi natija qayd etib. final yo'llanmasini qo'lga kiritishgan. Finalda raqibimiz Xitoy bo'ladi. Bahs oltin medal uchun kechadi. Kunning dastlabki medallaridan biri o'q otuvchilarimizdan bo'ladi. Buni oltin yoki kumush bo'lishini 8:35 da boshlanadigan bahs orqali bilib olamiz!


6:39. Qilichbozimiz Zaynab Dayibekova ham saralashda 2 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etdi.


6:30. O'q otish bahslarida (aralash jamoaviy) Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirova 21 ta jamoa ichida 2-natijani qayd etdi va finalga yo'l oldi!


6:19. Qilichbozlik. Paola Pliego saralash bahslarida 2 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etdi. 


Assalomu alaykum. O'zbek sportchilarining Osiyo o'yinlaridagi ishtirokidan onlaynni boshlaymiz. 

- - - - - - 

26 sentyabrda kun davomida quyidagi sportchilar O'zbekiston sharafini himoya qiladi:  

6:00. - O'q otish. Aralash jamoaviy dastur, 10 metrga miltiqdan otish, saralash. Javohir Sohibov, Muxtasar Tohirova.

6:00. - Qilichbozlik. Ayollar, sablya, saralash. Paulo Pliego - SHihomi Fukushima (Yaponiya)

6:00. - Qilichbozlik. Ayollar, sablya, saralash. Zaynab Dayibekova - Roksana Xatun (Bangladesh)

07:00. - Tennis. Erkaklar, yakkalik, 3-raund. Humoyun Sultonov - Kasidit Samrey (Tailand)

7:00. - Taekvondo. Erkaklar, -63 kg, nimchorak final. Niyoz Po'latov - Li Gibyom (Koreya Respublikasi)/Dang-Kuang Fam (Vetnam) bahsi g'olibiga qarshi

07:00 dan so'ng. - Dzyudo. Ayollar, -78 kg, nimchorak final. Irisxon Qurbonboeva - Kim Kyongran (SHimoliy Koreya)

07:00 dan so'ng. - Dzyudo. Ayollar, +78 kg, nimchorak final. Rinata Ilmatova - Aakriti Yoshi (Nepal)

07:00 dan so'ng. - Dzyudo. Erkaklar, -90 kg, nimchorak final. Davlat Bobonov - Sulim Maraev (Bahrayn)

07:00 dan so'ng. - Dzyudo. Erkaklar, -100 kg, chorak final. Muzaffarbek To'raboev - TBD

07:00 dan so'ng. - Dzyudo. Erkaklar, +100 kg, chorak final. Alisher Yusupov - TBD

7:10. - Ushu. Ayollar, nanquan yo'nalishi finali. Darya Latisheva

07:15 dan so'ng. - Suzish. Erkaklar, 400 metrga kompleks usulda suzish. Egor Petryakov

7:45. - Taekvondo. Ayollar, -53 kg, nimchorak final. CHaros Qayumova - Yuen Ting So (Gongkong)

7:45. - Velotrek. Ayollar, jamoaviy. Nafosat Qozieva, Margarita Misyurina, Yanina Kuskova, Olga Zabelinskaya

8:35. - Velotrek. Erkaklar, jamoaviy. Edem Eminov, Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Danil Evdokimov

9:00. - Taekvondo. Ayollar, -57 kg, nimchorak final. Madina Mirabzalova - Munisa Oymatova (Tojikiston)

9:30. - Qilichbozlik. Erkaklar, shpaga, saralash. Fayzulla Alimov - Mujaded Avan (Pokiston)

9:30. - Qilichbozlik. Erkaklar, shpaga, saralash. Javohirbek Nurmatov - CHinnapat CHaloemchanen (Tailand)

10:30. - CHim ustida xokkey. A savati, 2-o'yin. O'zbekiston - Yaponiya

11:00. - Boks. Ayollar, -75 kg, nimchorak final. Aziza Zokirova - Bayson Maneekon (Tailand)

11:45. - Boks. Erkaklar, -57 kg, 1/16 final. Abdumalik Xalokov - Vey CHeng Li (Xitoy Taypeyi)

12:00. - Sport gimnastikasi. Erkaklar, final. Asadbek Azamov, Ravshan Komiljonov.

12:00. - Suv polosi. Ayollar, robin raundi. O'zbekiston - Koreya Respublikasi

12:00. - SHaxmat. Individual yo'nalish, 5-6-7-tur. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Umida Omonova, Nilufar Yakubboeva

13:05. - Ushu. Ayollar, nandao yo'nalishi finali. Darya Latisheva

16:30 dan so'ng. - Ushu. Erkaklar, 56 kg, chorak final. Jamshidbek Guliboev - Arnel Mandal (Filippin)

16:30 dan so'ng. - Ushu. Erkaklar, 70 kg, chorak final. Muhammadali Yo'ldoshev - Hi Feng (Xitoy).

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
26 sen 14:55:44
Bulent Ersoy
Эх Богов келиб келиб узидан анча паст турадиган Киргизга ютказгани ёмон булибти агар Япониялик булгандаям Алам килмасди афсус
+1   
26 sen 13:55:38
Bulent Ersoy
Bobonov Yppointing imkoniyatni boy bergandayam shuncha alam qilmasdi
+1   
26 sen 10:22:01
Bulent Ersoy
Xech bumasa Muzaffar turabekov qozoqni yutsin bumasa Qozoqistondan kuchsizligimizni tan olamiz shekil
+1   
26 sen 10:18:28
Bulent Ersoy
Qozoqistonga 3 medalni boy berdik 3 chalasiyam Qozog'istonga naxon bittasini yutolmadik
+1   
26 sen 08:12:51
Мирзаев Расул
Спор тв улик
   
26 sen 13:48:52
Aziz Nabiev
Tailand qozoq sportchilariga kop yutqazishdi sportchilar imiz Bobonovni umuman tushunmadim usul yo'qku tavakkal qirgʻizga yutqazdi.
   
26 sen 11:26:37
Bulent Ersoy
2 қизимиз Тайландга ютқазди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing