11 mar 07:49
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Oslodagi jahon Kubogi o'tkazilmasligi mumkin
Xalqaro biatlonchilar uyushmasi (IBU) jahon Kubogining so'nggi bosqichini o'tkazish masalasini muhokama qilyapti.
So'nggi to'qqizinchi bosqichning 20-22 mart kunlari Norvegiyaning Oslo shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Lekin koronavirus epidemiyasi sabab bu musobaqa bekor qilinishi mumkin.
"Norvegiya hukumati 500 va undan ziyod sportchilar ishtirok etadigan musobaqalarni o'tkazilmaslikni tavsiya qildi. IBU hozirda Norvegiya tomoni bilan bu masala yuzasidan muzokara o'tkazyapti. Balki, musobaqa umuman o'tkazilmas", - deyiladi Xalqaro biatlonchilar uyushmasining rasmiy bayonotida.
Eslatib o'tamiz, CHexiyaning Nove-Mesto shahri mezbonlik qilgan jahon Kubogi bosqichi tomoshabinlarsiz o'tkazilgan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar