11 noy 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Oson ish". Makgregor Xollouey bilan revansh haqida gapirdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o'zining "tvitter" sahifasida Maks Xollouey bilan revansh haqida fikr bildirdi.
"Oson ish", -deb yozadi Konor Makgregor.
Maks Xollouey javob tariqasida, ushbu jangga Konor yaqindagina burnini sindirgan italiyalik musiqachi Franchesko Fakinettining musiqasi ostida chiqib kelishini yozdi.
Eslatib o'tamiz, Makgregor va Xollouey o'rtasidagi birinchi jang 2013 yilda o'tkazilgan. O'shanda, ochkolar hisobiga Konor Makgregor g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : ESPN MMA
Fikrlar