02 mar 12:47
Yangiliklar
OTP Group Tashkent Grand Slam 2026. O'zbekiston medallar sifatida uchinchi, soni bo'yicha ikkinchi bo'ldi!
Uch kun davomida dunyoning 39 davlatidan kelgan 400 nafarga yaqin dzyudochilar medallar hamda jahon reytingi uchun taqdim etilgan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishdi. O'zbekiston terma jamoasi safida so'nggi kun bahslarida Ernazar Sarsenbaev va Alisher Yusupov kumush, Umida Nig'matova bronza medalini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, O'zbekiston delegaciyasi OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turnirini 1 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan uchinchi o'rinda yakunladi. Medallar soni bo'yicha esa dzyudo vatani Yaponiyadan keyin ikkinchi bo'ldik.
OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniri terma jamoamiz safidagi yosh dzyudochilar uchun katta tajriba maktabi vazifasini o'tab berdi. Mehmonlar, xalqaro ekspertlar Toshkent "Katta Dubulg'a" turniri tashkilotchiligini yuqori baholashdi.
OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medal:
-57 kg: SHukurjon Aminova
Kumush medallar:
-73 kg: SHahram Ahadov
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
+100 kg: Alisher Yusupov
Bronza medallar:
-60 kg: Doston Ro'ziev
-73 kg: Elbek Tojiev
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev
+78 kg: Umida Nig'matova









Fikrlar