03 fev 12:45
Yangiliklar
O'zbekiston delegaciyasi Xarbin-2025 qishki Osiyo o'yinlarida o'z tarixidagi eng katta tarkib bilan qatnashadi
Mazkur musobaqada O'zbekiston delegaciyasi o'z tarixidagi eng katta tarkib bilan ishtirok etadi. Delegaciyamiz bo'lajak O'yinlarda 6 sport turida 24 nafar atlet bilan qatnashishi ko'zda tutilgan.
Qayd etish joiz, bu ham sport turi, ham atletlar soni bo'yicha delegaciyamiz eng katta tarkibda qatnashadigan qishki Osiyo o'yinlari bo'ladi.
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz:
SHort-trek: Daniil Eybog va Denis Ayrapetyans;
Konkida yugurish: Danila Semerikov;
Tog' chang'isi: Medet Nazarov, Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Sabina Rejepova, Valeriya Kovalyova, Kseniya Grigoreva, Mariya Morozova;
CHang'i alpinizmi: Mohinur Aralova, Feruza Boboqulova, Ezoza SHaymardanova, Asila SHoyimova, Jasur SHamsiddinov, Maqsudxon Akobirov, SHohruh Sardorov, Ezozbek Xushvaqtov.
Figurali uchish: Ekaterina Geynish, Dmitriy CHigirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova;
Biatlon: Rolan Raimqulov, Dilmurod Abdurahmonov.
Ochilish marosimi 7 fevral kuniga belgilangan. Atletlarimizning ishtiroki aynan shu sanadan boshlanadi.
Fikrlar