10 iyu 13:03
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston – O'mon. CHiptalar narxi qancha?
Ertadan boshlab O'zbekiston terma jamoasi "CAFA Nations Cup" turniridagi ishtirokini boshlaydi.
Ilk raqib O'mon terma jamoasiga qarshi uchrashuv "Bunyodkor" stadionida soat 20:30 da boshlanadi. Ko'pchilik muxlislarni qiziqtirayotgan chiptalar masalasiga kelsak, mazkur bahsga chiptalar iticket.uz platformasida sotuvga chiqarilgan. CHiptalar narxi toifalarga bo'lingan holda 25 000 so'mdan 200 000 so'mgacha etib belgilangan.
Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi so'nggi bor "Bunyodkor" stadionida 2021 yil mart oyida Iroq (0:1) bilan o'yin o'tkazgan. Srechko Katanec boshqaruvida vakillarimiz Toshkentda faqat 2 ta uchrashuv o'tkazib ulgurdi – Rossiya (1:1), Qozog'iston (2:0).
Havola :
Fikrlar