08 fev 15:41
Yangiliklar
O'zbekiston qishki Olimpiadalarda: "Solt Leyk Siti-2002"
SHu munosabat bilan biz O'zbekiston terma jamoasining "Oq olimpiada"lardagi ishtiroki haqidagi malumotlarni taqdim etib bormoqdamiz.
O'zbekiston qishki Olimpiadalarda: Lillehammer-1994
O'zbekiston qishki Olimpiadalarda: Nagano-1998
Bugun 2002 yilda Solt Leyk Sitida o'tgan qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan sportchilarimiz haqida malumot beramiz.
19-qishki Olimpiada 2002 yilning 8-24 fevral kunlari Amerika Qo'shma SHtatlarining Solt Leyk Siti shahrida tashkil qilingan.
O'shanda terma jamoamiz Olimpiadaga olti kishilik delegaciya bilan yo'l olgandi.
Sportchilar ro'yxati:
Tog' chang'isi:
Komil O'runboev
Elmira Urumbaeva
Figurali uchish:
Roman Skorniakov
Tatyana Malinina
Natalya Ponomaryova
Evgeniy Sviridov
Bu safar ham, 1998 yilgidek Komil O'runboev terma jamoamiz bayroqdori bo'lish sharafiga muyassar bo'lgan.
19 yoshli Natalya Ponomaryova terma jamoamizning yosh azosi sifatida bahslarda qatnashgan bo'lsa, Tatyana Malinina 29 yoshida jamoadoshlari ichida yoshi eng katta sportchi edi. Afsuski, o'sha Olimpiada sportchilarimiz uchun omadsiz bo'lgan.
Aziz To'xtamurodov
Fikrlar