So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

29 mar 14:24
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

O'zbekistonda 38 yilllik tarixga ega bo'lgan tennis musobaqasi haqida

O'zbekistonda o'smirlar o'rtasida o'tkaziladigan musobaqalar ichida eng uzoq tarixga ega bo'lgan turnirni bilasizmi? Bugun ana shu musobaqa haqida sizlarga malumot berishga qaror qildik.

Bundan bir necha kun oldin poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida o'smirlar o'rtasida "Grade-2" musobaqasi 38-marotaba o'tkazildi. Ushbu turnir o'smirlar o'rtasida tennis bo'yicha O'zbekistondagi eng obro'li va eng ko'p reyting ochkolarini beruvchi musobaqa hamdir. 18 yoshgacha bo'lgan yosh tennischilarimiz uchun mazkur turnir doimo o'ziga xos tajriba maktabini o'tab kelgan. Deyarli har bir o'zbek  tennischisi o'smirlik davrida ushbu musobaqada ishtirok etgan.
Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, ushbu musobaqa 1999 yilgacha G-5, 2002 yilgacha G-4, keyin G-3 mavqeiga ega bo'lgan. 2012 yildan boshlab esa G-2 darajasigacha ko'tarildi. Bu turnirda hatto o'z vaqtida jahonning birinchi raketkasi bo'lgan Marat Safin xam ishtirok etgan.

Hamyurtlarimizdan qizlar o'rtasidagi bahslarda o'z vaqtida Iroda To'laganova, Albina Xabibullina, Sabina SHaripovalar bu musobaqada bosh sovringa ega chiqqanlar. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda esa Denis Istomin, Temur Ismoilov(2marta), Jo'rabek Karimov (2marta) g'olib bo'lgan.


Bu musobaqa turli yillarda mart, aprel va may oylarida o'tkazilgan. Faqatgina, so'ngi yillarga kelib mart oyining o'rtalarida tashkil qilinmoqda. Har yili o'smirlar reytingida "Top-100"ga kiruvchi bir qator tennischilar ushbu musobaqada ishtirok etish istagini bildirishadi. Bu yilgi bellashuvlar ham bundan mustasno emas. Vakillarimizdan 2001 yilda tug'ilgan Sergey Fomin musobaqa boshlanishidan oldin o'smirlar reytingida 88-o'rinda borardi. Ushbu turnirda yosh sportchimiz to'rtinchi raqamda saralandi va musobaqa finaliga qadar etib bordi. Bu yo'lda u hatto turnirning birinchi raqamli tennischisini xam mag'lub eta oldi. Afsuski, bosh mukofot uchun belgiyalik Boviy Arnaudga qarshi kechgan bahsda u  3/6, 3/6 hisoblarida yutqazib qo'ydi. SHu tariqa, Fomin o'smirlar reytingida 75, raqib esa 100 ochkoga ega bo'ldi.

Turnirdan so'ng Sergey Fomin 19 pog'ona yuqoriladi va hozirda 69-o'ringa ko'tarilgan. Vakillarimizdan shuningdek, Temur Sottimov ikkinchi davragacha etib bordi. Qizlarimiz esa turnirda biroz omadsiz qatnashishda. Yasmina Karimjonova va Olesya Kim ikkinchi davrada mag'lubiyatga uchradi. Vaholanki, musobaqada hamyurtlarimizdan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasidagi bahslarda etti nafardan tennischi ishtirok etgandi.


O'ylaymizki, kelajakda ushbu musobaqa mavqei yanada ko'tariladi va hali uzoq vaqt o'smir tennischilarimizning tajriba orttirishida, o'sishida o'z hissasini qo'shib boradi. Biz ushbu musobaqa ishtirokchilari va tashkilotchilariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Husniddin Mirzaliev

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing