27 may 16:50
Yangiliklar
O'zbekistonda chang'i sporti federaciyasi ish boshladi
Federaciyaning asosiy maqsadi etib mamlakatimizda tog' chang'isi, snoubord, fristayl kabi sport turlarini ommalashirish, inson rivojida chang'i sportining rolini oshirish, O'zbekistonda va xalqaro arenalarda chang'i sportining nufuzini oshirish masalalari belgilangan.
Olamsport.com saytiga berilgan malumotga ko'ra, o'tkazilgan hisobot-saylov konferenciyasi yakuniga ko'ra, Yakubov Bekzod Rixsiboevich CHang'is porti federaciyasi raisi etib saylandi. Andrey Voronov, Andrey Didichenko va Ivan Merkushkin vice-prezident, Ali To'xtaev esa tashkilot bosh kotibi lavozimiga saylanishdi.
Qayd etish lozimki, O'zbekistonda so'nggi yillarda qishki sport turlariga ham etibor qaratila boshlandi. Bunga misol sifatida yurtimizda xalqaro darajadagi Amirsoy tog' chang'isi kurarti, shuningdek "Humo" muz arenasi qurilishlarini misol qilishimiz mumkin.
Fikrlar