13 may 07:52
Yangiliklar
Qishki sport turlari

O'zbekistonda yana rossiyalik legioner paydo bo'lishi mumkin
Rossiyalik figurali uchuvchi Ivan Popov fuqaroligini o'zgartirib, O'zbekiston terma jamoasiga o'tishni xohlayapti.
RIA Novosti manbasiga ko'ra, 20 yoshli sportchining O'zbekistonga o'tishi Rossiya figurli uchish federaciyasining navbatdagi ijroqo'mida hal etiladi.
Popov musobaqalarga Irina Smirnova qo'l ostida tayyorgarlik ko'radi. U Rossiya chempionati va mamlakatdagi boshqa bir qator musobaqalarida g'olib va sovrindor bo'lgan. So'nggi mavsumda mamlakat chempionatida 8-o'rinni egallagan.
Ayni vaqtda O'zbekiston terma jamoasida rossiyalik figurali uchuvchilar - Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev tandemi faoliyat olib bormoqda.
Havola :
Manba : РИА Новости
Fikrlar