So’nggi yangiliklar

17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0

23 iyu 17:36
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

​O'zbekistonlik Olimpiada-80 vice-chempioni: "Menga killer bo'lishni tavsiya qilishgandi"

Bundan 40 yil avval Moskva shahrida o'tkazilgan Yozgi olimpiya o'yinlarida bir necha nafar yurtdoshlarimiz ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etib, g'olib va sovrindorlar safidan joy olishgan edi.

“Sportchilar uchun 90-yillarda ish topish oson bo'lmagan. Menga  hatto killer bo'lishni jiddiy taklif qilishgan edi, ammo men darhol bunday takliflarga qiziqmasligimni tushuntirdim”.

Xalqaro sport ustasi, Olimpiada-80 trapdan o'q uzish bo'yicha kumush medal sovrindori Rustam Yambulatov Sputnik O'zbekiston bilan suhbatda ushbu sport turiga qanday kelgani, Moskvada oltin medalni qo'lga kiritishiga nima xalaqit bergani va bugungi kundagi orzulari bilan o'rtoqlashdi.

O'q otish bolalikdan sevimli mashg'ulotim

Oilamda ovchilar, tanishlarim orasida stendli yoki o'qli otish bilan shug'ullanadigan bo'lmasa ham, men bolaligimdan o'q otishni yaxshi ko'rarganman. Men miltiqdan juda yaxshi o'q otganim sababli stendli o'k otishga kirib qoldim. Bir qo'shni bola menga stendli o'q otishni boshlaganini aytgani esimda. SHunda  men ham ushbu to'garakka borib ko'rishim kerak. Men bordim va menga bu sport yoqib qoldi. Sinovda menga 7ta patron berishdi va men ketma-ket 5 ta uchuvchi nishonni urib tushurdim, shundan so'ng meni qabul qilishdi.

To'garakka muntazam qatnashishga imkon bo'lmadi, chunki murabbiyimiz 84-zavodda ishlardi va har doim ham mashg'ulotlarga kela olmasdi. Keyin likopchalarni uchirib turadigan operator Kolya amaki – “Paxtakor”da mashg'ulot olib borgan O'zbekiston SSR terma jamoasi murabbiyi Nikolay Afanasevich Strushhenkoga murojaat qilishni maslahat berdi. Biz bu sportklubga bir yarim oy davomida bordik – biz faqat patronlarni yuklardik, ustalar esa otishardi. Keyinchalik Turkiston harbiy okrugi murabbiysi Vladimir Petrovich Pyanovskiyda o'rganishni boshladik.

9-sinflik vaqtimda noto'g'ri sozlangan miltiq birinchi marta yuzimga qattiq urilgan edi. Esimda o'shanda ko'zim ancha vaqtgacha yaxshigina ko'karib yurgan.

Miltiqni biroz qirqib, biroz shilib, rezina amortizator qo'yishga to'g'ri keldi, shundan keyin qaytarish kuchi bunchalik ancha engil bo'lgandi.

Guruhimizdagi yigitlar kuchli edi. Aleksandr Alipov – o'smirlar o'rtasidagi Evropa chempioni. Umuman uning oilasi sportchilar oilasi bo'lgan va uning o'g'li keyinchalik Olimpiada chempioni bo'ldi.

“YO uni olasizlar, yo men partiya biletimni stolga qo'yaman”

Men Moskva Olimpiadasiga jiddiy tanlov orqali bordim. U erda ballar tizimi bo'lgan va men 300 ballga yaqin to'pladim - ikkinchi o'rin ballaridan ko'proq. Sovet Ittifoqi chempionatida men birinchi natijani ko'rsatdim, ammo menga agar kuchli oltilikka kirsam ham, Olimpiada o'yinlarida qatnashishim mumkinligini aytishgan.

Ammo shunday bo'ldiki, Igor Semenov va men bir xil ochko to'pladik. Meni “otishma” hozir boshlanishi haqida ogohlantirishmagan va men maydonga ko'zoynaksiz, naushniksiz yugurdim, yo'lda bir quti patron va qurolimni ushlab oldim. Havo bulutli edi, va men birinchi nishonni o'tkazib yubordim, ko'rolmay qoldim. U esa 25ga urdi. Moskva shahar qo'mitasining birinchi kotibi bizning chempionimiz moskvalik, Yambulatov esa ikkinchi degan. Ammo keyin Aleksey Alekseevich Klepov, SSSR milliy stendli otish terma jamoasi murabbiyi: “Men Semyonov kimligini bilmaymanu, lekin men bu faqat otishga mo'ljallangan mashinani yaxshi bilaman”, dedi. SHundan keyingina men ham Olimpiada o'yinlarida qatnashishim to'g'risida qaror qilishdi.

“Bizda patronlar bo'yicha cheklovlar bo'lmagan”

Men Olimpiada o'yinlarida qatnashishimga 100%ga ishonchim komil bo'lgan. Kimdir miltiqni tashlab qo'ygan, men esa uni doim harakatda ushlab turganman. Menda “tanklar” bo'lmagan. U erda Rossiya, Ukraina kabi respublikalardan kuchli ishtirokchilar bo'lgan. Men o'zbekistonlik edim va Olimpiada o'yinlariga borish uchun men hammadan bir pog'ona balandroq otishim kerak edi. SHunda ham oxirgi daqiqalarda partiya organlari aralashmoqchi bo'lishgan, ammo murabbiy nomzodimni himoya qildi.

Olimpiadaga juda jiddiy tayyorgarlik ko'rganmiz. Bu minglab kilometr yugurish, yuzlab kilometr suzish, nishonlarga qarata otilgan yuz minglab patronlar. Sovet Ittifoqi milliy jamoasida na patronlarda, na qurol-yarog'da cheklovlar bo'lmagan. Olimpiada o'yinlariga olti oy qolganda meni CHelyuskin stanciyasi omboriga taklif qilishdi, 10 ta miltiqni qo'yishdi va ulardan birinchi bo'lib tanlashimni aytishdi. Men darhol beshtasidan voz kechdim, qolganidan uchtasini tanlab oldim. Keyin ikkalasi ham yaxshi bo'lishiga qaramay, ulardan birini o'zimda qoldirdim. Ularni uch-to'rt soat davomida tanladim. Va fevral oyida bo'lib o'tgan Butunittifoq musobaqasida men oltin medalni qo'lga kiritdim. Men 194ga urdim, 8 turkumdan oxirgi 50tasi, ikkitasi 25dan. Qolganlar esa 24 turkumdan. Va keyin esa Olimpiada o'yinlarida - 196ni.

“Sovet Ittifoqi Olimpiada qanday bo'lishini ko'rsatdi”

Moskva Olimpiadasi barcha zamonlar va xalqlarning eng yaxshi olimpiadasi bo'ldi, chunki Sovet Ittifoqi barcha pulni bu bizda qanday bo'lishini ko'rsatish uchun sarflagan. Hech kim hech qachon insoniyat tarixida bunday Olimpiya shaharchasiga ega bo'lmagan. U erda butun jahondan 20 ta restoran ishlagan. Sportchilar yaxshi qo'riqlanishgan. Mashqlar o'tkazilgan hududda fuqarolar kiyimida KGB zobitlari shay turishgan. Devor bo'ylab har 30 metrda milicionerlar turishardi – u erda hatto pashsha ham o'tolmasdi. Va bugun Rossiya Sochi Olimpiadasida va futbol bo'yicha jahon chempionatida eng yaxshi tashkillashtirishni namoyish etmoqda. CHet el olimpiadalarida tijoriy manfaatlar bo'lsa, bu erda bu unutiladi: asosiysi – obro'.

Hammasi daqiqagacha tashkillashtirilgan edi. Masalan, Moskvada meni murabbiyim Igor Vitalevich Lustin qo'llab-quvvatlagan. Biz u bilan yaxshi ishladik. Mening Mytishhida xonam bor edi, unda yashash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Murabbiy meni maydonchaga o'zi olib borib, o'zi kutib olardi. Hech kim menga yaqinlasha olmasdi. Biz Olimpiya shaharchasiga faqat sayyohlik safariga boganday borar edik, CHelyuskinskaya stanciyasida joylashgan “Podlipki” sanatoriysida esa yashaganmiz. U erda Kardiologiya markazi bor edi. Bu binoda murabbiylar va sportchilar istiqomat qilishgan. Uni qo'riqlashar edi, hamma joyda miliciya turgan.

Bizga albatta bitta mashina hamroxlik qilgan, masalan, biz attestaciyadan o'tish uchun Olimpiya shaharchasiga borganimizda. Biz mikroavtobusda ketar edik, oldimizda esa miliciya “Volga”si harakatlanar edi. U harakatni to'xtatish uchun yo'lni to'sib qo'yardi, keyin bizning olimpiadachilarni tashiyotgan avtobusimiz harakatlanardi va ortimizdan yana bir mashina, shundan keyingina Volga ketardi. SHunday holat ham bo'lgan, katta axlat tashiydigan mashinada bir yigit patrul mashinasini aylanib o'tib, deyarli bizga urilishiga oz qoldi. Devor kabi oqarib ketgan DAN mayori chiqdi va jimgina haydovchilik guvohnomasini olib, maydalab yirtib tashladi.

Biz hech qanday siyosatni his qilmaganmiz, u erda hamma do'st edi: agar siz zo'r sportchi bo'lsangiz, hamma sizni taniydi va hurmat qiladi. Albatta, bazi mag'rurlanib ketganlar ham bo'lgan, ammo Sovet Ittifoqi sportchilari bunday bo'lmagan.

O'yinlarda ko'plab do'stlar orttirdim. SHagaev bilan murabbiylik ishi bo'yicha tez-tez uchrashardik. U keyin Avstraliyaga ketib qolgan. Menimcha, u hozirda Singapurda yashaydi. Larisa Pavlova O'zbekiston sport qo'mitasida ishlagan. Ro'ziev O'zbekiston Olimpiya qo'mitasi raisi bo'lgan. U meni 1996 yilgi Olimpiada o'yinlariga yuborishi mumkin edi, ammo boshqasini yuborishni talab qilishdi. Unda men oltin medalni 100% yutib olishim mumkin edi, chunki unda hali yosh edim va doim otish bilan shug'ullanganman, men unda 46 yoshda edim. Bu sport turi uchun bu umuman chegara emas. Masalan, 34 yoshdan 53 yoshgacha o'q otish bilan shug'ullangan francuz o'qchisi Mishel Karrega bir necha bor jahon chempioni bo'lgan, ammo Olimpiada medallarini qozonmagan. Uning hovlisida hatto ikkita otish maydonchasi bo'lgan.

“Oltin”ga bir qadam qolganida

Moskvadagi o'yinlardagi muhit juda jiddiy edi va raqobat shiddatli. Bazi davlatlar, shu jumladan amerikaliklar, SSSRga kelishni rad etishdi, ammo italiyaliklar kelgan. Ular o'q otish sporti dunyosida peshqadamlar. Eng yaxshi miltiq va patronlar Italiyada ishlab chiqariladi va shunga mos ularning o'qchilari ham yaxshi. U erda 40 ming sportchi faqat trapdan o'q otishadi. Anchagina kuchli raqiblar tashrif buyurishgan. Esimda, mashqlarda olti kishi ishtirok etgan va ularning barchasida bitta xato bo'lgan yoki umuman bo'lmagan, yani ularning barchasi 150 tadan 150 tasini urgan. Darajasi juda yuqori bo'lgan.

Men o'z sport formamga biroz erta ega bo'ldim, va bu formada xato qilishim qiyin edi. Ilgari asablarim temirday edi, ammo hozirda ular bo'shashib ketgan. SHunday holat bo'lganki, men ohirgi nishonni o'tkazib yubordim va onam nima bo'lganda ham bronza yoki kumush medalim borligidan hursand bo'ladi degan fikr xayolimga keldi. Keyin xonaga kirdim, o'tirdim, raqibimga qaradim, va ikki metrli erkak qo'llari qaltirayotganini ko'rib o'yladim: mana endi sen bilan shug'ullanamiz. Men 25 ga urdim, u esa 11-chi yoki 12-chi nishonlarni o'tkazib yubordi.

Keyin poziciyamga chiqdim. Otish maydonida avval birdaniga yurak urishim ko'tarilib ketdi, so'ng naushnikda yuragim bir hilda urayotganini eshitdim, endi otsa bo'ladi va 25 ga urdim. Bizning sportimiz shunaqa: odam ko'rinishidan xotirjam, harakatlari yumshoq, hech qanday diqqatchilik yo'q, ammo yuragi urishi tezligi 170 dan oshgan... Uning ichi jumbushga kelgan.

Stendli otish – bu xuddi, boks kabi jang turi. O'z o'zingni engishing kerak, buyruq berilganda bitta ham xatoga yo'l qo'ymaslik va hamma narsani to'g'ri bajarish kerak. Agar xayoldan biron bir ortiqcha fikr o'tsa, odam albatta nishonni o'tkazib yuboradi, chunki uning dastlabki tezligi 40 m/s. Ushbu sport turiga atigi bir nechta odamlar tanlab olinadi, barchasi mos kelishi kerak.

Men oltinni yuta olmadim, chunki keragidan ortiq mashq qilib yubordim. Murabbiyga formami shakllantirib olganimni, o'tkazib yubormasligimni aytdim. U meni sinab ko'rishga qaror qildi. Men 25 ga urdim. Keyin menga havoga, nishondan o'tkazib  o'q otishimni so'radi, keyin yana nishonga. Men yana 25ga urdim, ammo baribir biz yana 5-6 ta mashg'ulot o'tkazdik. O'ylaymanki, natijada aynan shu yutqazishimga sabab bo'ldi.

To'rt yildan so'ng qasdimizni ololmadik – qaror qabul qilish kerak bo'lgan oxirgi kunda biz uchishdan bosh tortdik. O'sha paytda men juda zo'r formada edim, ikki yuzdan 199, 200 ni urardim. 1984 yilda 17 musobaqadan o'rtacha 197,3 ball to'plaganman, raqiblarim esa 191 ball bilan Olimpiada g'oliblari bo'lishgan.

Olimpiadadan keyin men yana bir necha kun Moskvada qoldim – skitimiz qanday otayotganini ko'rmoqchi bo'ldim. Yana biroz Olimpiya shaharchasida yashashni xohladim. Olimpiada sovrindori sifatida menga u erdan kvartira ajratishdi va men u erda olimpiadachilar qanday yashayotganini tomosha qilib yurdim. U erda musiqiy kechalar uyushtirilardi. Bayramdan huzurlansa bo'lardi.

Mukofot puliga – “kumush” uchun ikki ming rubl - men o'zimga o'sha paytdagi tanqis bo'lgan Yugoslaviya linoleumidan uchta rulon sotib oldim. Har bir bo'lagi - 25 kvadrat metr bo'lib, narxi 500 rubl bo'lgan. Va u mening uch xonali kvartiramga etarli bo'ldi.

Murabbiylik faoliyati

1985 yilda men O'zbekiston terma jamoasiga murabbiylik qildim. Biz Ittifoqda 4-chi o'rinni egalladik. Keyin mening nomzodimni mos emas deb topishdi va men Tailandga jo'nadim. Men u erda uch oy ishladim va shu vaqt ichida mening shogirdlarim 2ta yoki 3ta medalni qo'lga kiritdilar, va ular men bilan ikki yilga shartnoma tuzdilar. Men u erda bir yil ishladim va yana 5-7 medalni qo'lga kiritdim.

Men Tailanddan Quvaytga ketdim va u erda xalqaro murabbiy sifatida ishimni boshladim. Biz jami 300 ta medalni qo'lga kiritdik. Men Bruneyda shayx Salmon Al Sabah bilan tanishdim, u Kuvayt stendli o'q otish federaciyasining prezidenti edi. Esimda, Bruney shayxi va shahzodasi bitta turkumda otishayotgan edi. Men unga qanday yaxshiroq otishni tushuntirib berdim va u munosib ravishda o'zini ko'rsatdi. Keyin undan ushbu mamlakatga kelish taklifi tushdi.

1990-chi yillarda ish topish oson bo'lmagan, ko'plab sportchilarga, ayniqsa o'qchi va kurashchilarga jinoyatchilikka o'tish taklif qilingan. Masalan, menga  killer bo'lishga jiddiy taklif kelib tushgan. Ammo men darhol bunday takliflarga qiziqmasligimni tushuntirdim.

Bir muddat Amirliklarda va Hindistonda ishladim. SHaxsiy mutaxassis sifatida mashg'ulotlar o'tkazdim. Menga barcha dunyo yulduzlari, shu jumladan Olimpiada chempioni Aleksey Alipov, keyin esa bo'lajak Olimpiada chempioni David Kosteleckiy ham, murojaat qilishgan. U mening oldimga Quvaytda kelgan, keyin Evropada ishlash uchun jo'nab ketdi. Rossiyadan ham takliflar bo'lgan, ammo texnik sabablarga ko'ra bu amalga oshmadi.

Yuzlab bolalar orasidan men tayyorlash uchun doim atigi ikki-uchtasini tanlab olaman – ichki sezgimga quloq solaman. Tabiyatan qobiliyatli tarbiyalanuvchilar ham bo'ladi, ammo ko'p narsa maktabga bog'liq. Agar hammasini to'g'ri joylashtirib, munosib poydevor yaratilsa, u holda odamdan chempionni tarbiyalash mumkin. Mukammal texnikaga erishish uchun ko'p vaqt va asablar kerak. O'rganishi oson bo'lgan bolalar bo'ladi, qiyinlari ham bo'ladi. Ular shunchaki turlicha.

Biz O'zbekistonni o'q otish sporti markaziga aylantirishimiz mumkin 

O'zbekiston xalqi mehnatkash. Mening vazifam – O'zbekistonlik sportchilaridan tarkib topgan terma jamoani tayyorlash va ularni jahon chempionlari qilish. Hozirda yangi federaciya ushbu sport turini jonlantirishga harakat qilmoqda, ammo koronavirus tufayli hammasi to'xtab qoldi: mana bir necha oydan beri hech qanday mashg'ulotlar bo'lmadi.

Federaciya natijalarga ishlashi uchun, uni moliyalashtirish kerak. Yaxshiyamki, federaciyaning amaldagi raisi moliya sohasini yaxshi biladigan inson: u tashkilotning moliyaviy tuzilmasini isloh qildi va bir nechta homiylarni jalb qildi. Bu texnik bazani yangilashni boshlash, otish maydonlarini tamirlash ishlarini bajarish va bir qator sportchilarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash imkonini berdi.

SHuningdek, biz kerakli miqdorda patronlarni olib kelishimiz, miltiqlar sotib olishimiz kerak, chunki bizning qurollarimiz kamida qirq yoshda. Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev endilikda sportni rivojlantirishga katta etibor qaratmoqda, sportchilar va murabbiylar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratmoqda. Maqsad - o'zbek sportini yuqori pog'onaga ko'tarish. Biz allaqachon patron va miltiqlarni sotib oldik. Koronavirus tufayli o'z-o'zini yakkalash tugashi bilanoq biz mashg'ulotlarni boshlaymiz. Avallari biz doim O'rtasaroydagi otish maydonchasiga borardik.

Moliyalashtirish masalasi sport turimizda juda muhimdir. Masalan, Germaniyada, agar siz istiqbolli o'qchi bo'lsangiz, federaciya miltiqning yarim narxini to'lab beradi, yani davlat homiy sifatida chiqadi, ammo shu bilan birga miltiq sizniki bo'lib qoladi.

Bir vaqtlar men bu erda zavod qurmoqchi edim, ammo unda bu qiyin masala edi. Nazariy jihatdan, buni hozir amallasa bo'ladi, asosiysi hukumat buni rivojlantirishdan manfaatdor. Bizda yong'oq, o'ymakor-ustalar bor, ular juda go'zal miltiqlar yasaydilar - bu butun dunyoda qadrlanadi. Bazida miltiqning gravirovkasi miltiqning o'ziga qaraganda ancha qimmatroq bo'ladi. Bizda metall bilan ham bog'liq muammolar bo'lmaydi. Bizning mutaxassislarimiz Italiyadagi mashhur “Beretta” zavodiga borib kelishdi. Ular bilan qo'shma korxonani yo'lga qo'yish rejalari bor.

Mening yana bir orzuim - dunyoda eng yaxshi otish maydonini qurish, shunda hamma O'zbekistonda mashq qilishni orzu qilgan bo'lar edi. Bizda deyarli yil davomida o'q otish mumkin: qish yo'q, go'zal shahar, gullab-yashnayotgan respublika, bu erda har narsani rivojlantirishga sharoit bor va odamlari ham yaxshi.

Hozirda o'q otish sport federaciyasi qayta tug'ilishni boshdan kechirmoqda, shuning uchun sportchilarimizning yangi yutuqlari va rekordlariga ishonchim komil. O'zbek bokschilari allaqachon o'zlarining istedodini butun dunyoga isbotladilar, endi navbat o'qchilarga.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing