21 fev 16:04
Yangiliklar
Qishki Olimpiadada oltin medallar soni bo'yicha rekord o'rnatildi
Skandinaviyaliklar Italiyada bo'lib o'tayotgan qishki Olimpiya o'yinlarida 17 ta oltin medalni qo'lga kiritib ulgurishdi. Ular Pekin-2022 o'yinlarida o'rnatilgan natijani (16 ta oltin) yangilashdi.
Rekordni yangilashga sabab bo'lgan 17-oltin medalni biatlonchi Yoxannes Dale-SHevdal 15 km masofaga o'tkazilgan mass-start bahslarida qo'lga kiritdi. Biatlondan tashqari, norvegiyalik sportchilar chang'i poygasi, fristayl, chang'i ikkikurashi, tramplindan sakrash va konkida yugurish bo'yicha ham chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. Norvegiya uchun eng ko'p medalni chang'ichi Yoxannes Klebo keltirdi. Klebo 10 karra Olimpiada chempioni hisoblanadi.
2026 yilgi Olimpiya o'yinlari ertaga, 22 fevral kuni yakuniga etadi. Musobaqa doirasida 116 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi.

Fikrlar