15 iyu 14:48
Yangiliklar
O'zbekistonning 17 ta klubi OFK licenziyasini qo'lga kiritdi
Unda 2023/24-mavsum musobaqalarida ishtirok etadigan jamoalar nomiga oydinlik kiritilgan.
"Liga licenziyalash uchun 25 ta klubni jalb qildi. Mazkur ko'rsatkich borasida O'zbekiston Osiyoda birinchi bo'ldi. Mos ravishda Qatarning 17 ta va Saudiya Arabistonining 16 ta klubi licenziyalashga jalb etilgandi.
Licenziya uchun davogarlardan O'zbekistonning 17 ta klubi OFK licenziyasini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bu bilan biz Osiyoda eng yaxshi natijani qayd etdik. Bir yil avval 12 ta klubimiz bunga muvaffaq bo'lgandi. Mos ravishda Qatarning 15 ta, Amirliklarning 13 ta klubi OFK licenziyasiga ega chiqdi", – deyiladi O'zPFL xabarida.
OFK licenziyasiga ega chiqqan O'zbekiston klublari: “Paxtakor”, “Navbahor lochinlari”, “Nasaf”, AGMK, “Qizilqum”, “So'g'diyona”, “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Metallurg”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Andijon”, “Turon”, “Buxoro”, “Mashal”, “SHo'rtan”, “Olimpik”.
Fikrlar