So’nggi yangiliklar

13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0 08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0

30 avg 16:18
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi

Malumki, shu oyda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya sport universiteti tashkil etilganiga 65 yil to'ldi.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ko'pkurash sport turlari fakulteti negizidagi Tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi ham etakchi kafedralardan sanaladi. Talabalarning tanlagan mutaxassisliklari bo'yicha bilimli kadrlar bo'lib etishishida tabiiy-ilmiy fanlarni puxta o'rganishlari muhim hisoblanadi. 

Kafedra tarixiga nazar soladigan bo'lsak, 1985 yil O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshida ilk bor Sport metrologiya, biomexanika va hisoblash asoslari kafedrasi tashkil etilgan. Kafedrani o'sha paytda fizika-matematika fanlari nomzodi, docent B.N. Radostin mudir sifatida boshqargan. Dastlab kafedrada Sport metrologiyasi, Hisoblash asoslari, Kompyuter texnikasi va Biomexanika fanlari bo'yicha mashg'ulotlar olib borilgan. Keyinchalik kafedra faoliyatini pedagogika fanlari nomzodi, docent E.I. Isakulov (1990-1992 yillar), docent B.A. Axmedov (1992-1993 yillar), pedagogika fanlari nomzodi, docent A.I. Talibdjanov (1993-1995 yillar), pedagogika fanlari nomzodi, docent Z.T. Kasimbekov (1995-1999 yillar), docent J.A. Akramov (1999-2000 yillar), biologiya fanlari nomzodi, docent D.D. Safarova (2000-2002 yillar), fizika-matematika fanlari nomzodi, docent A.M. Nurmuxamedov (2002-2006 yillar), fizika-matematika fanlari nomzodi, docent M.S. Xodjaev (2006-2008 yillar), pedagogika fanlari nomzodi, docent D.X. Umarov (2008-2010 yillar) hamda pedagogika fanlari nomzodi, docent B. Musaev (2010-2015 yillar), B. Vafoev (2015-2019 yillar) boshqarib kelganlar.

Joriy yildan boshlab esa kafedraga iqtisod fanlari nomzodi Alisher Urinovich Qobilov rahbarlik qilmoqda. Kafedra 2002 yildan Sport metrologiyasi, biomexanika va anatomiya kafedrasi, 2008 yildan Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi, 2018 yildan Matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi, 2019 yildan esa Tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi deb atalgan. Kafedrada 1990 yilda «Sport kibernetikasi» ixtisosligi ochilgan bo'lib, faoliyat turi bo'yicha 50 nafardan ziyod oliy malumotli mutaxassislar tayyorlangan. 

Hozirgi kunda ular mamlakatimiz va xorijda mutaxassisliklari bo'yicha muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar. Bugunga qadar kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 15 ta darslik va o'quv qo'llanmalar, 100 dan ziyod uslubiy qo'llanma va tavsiyanomalar hamda 600 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.

Kafedrada bugun iqtisod fanlari nomzodi Alisher Qobilov boshchiligida docentlar Aktamjon Akbarov, Sayyora SHukurova, katta o'qituvchilar Sayyora Ibragimova, Irina Olxovskaya, Salavat CHo'lliev, Bahodir To'raev, Adham Maxkamboev, o'qituvchilardan Zebo Yusupova, Ruhilla Kazoqov, Alina Marsinkovskaya, Dilorom Alimova, Bobonazar Bo'riev, Rustam Qodirov, SHerzod Rajabov, Gavhar Ulug'murodovalar talabalarga mavjud fanlar bo'yicha ustozlik qilishmoqda. 

Kafedraning mahalliy va xalqaro aloqalari ham yildan yilga kengayib bormoqda. Jumladan, xalqaro hamkorlik doirasida P.F Lestgaft nomidagi Sankt-Peterburg jismoniy tarbiya, sport va salomatlik milliy universiteti, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti, Belorus davlat jismoniy tarbiy universiteti bilan, mahalliy hamkorlikda Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti, O'zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, CHirchiq olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internati bilan  mustahkam aloqalar yo'lga qo'yilgan.

Tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasida docent Alisher Qobilov rahbarligida 2020–2021 yillarda to'rtta yo'nalishdagi istiqbolli rivojlantirish Yo'l xaritasi ham ishlab chiqilgan. 

I. O'quv jarayonini takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajriba asosida zamonaviy va innovacion talim texnologiyalaridan samarali foydalanish hisobiga talim sifatini oshirish yo'nalishida:  

1. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish talablaridan kelib chiqadigan yangi talim yo'nalishlari va mutaxassisliklarini ochish maqsadida Respublika ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish ehtiyoji asosida “Sport biomexanikasi” bakalavr talim yo'nalishini ochish hamda yangi yo'nalish bo'yicha zarur huquqiy-meyoriy hujjatlarni, asosnomalarni tayyorlash, ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Talim tizimida tubdan yangilangan mustaqil talim mexanizmini yaratish va amalda o'z samarasini beradigan yangi tizimni ishlab chiqish, yani kafedrada olib boriladigan fanlardan belgilangan tartibdagi mustaqil talim tizimini samarali tashkil qilish uchun Universitetning gavjum hududlarida elektron-axborot doskalarini joriy qilish, Universitet saytidan foydalangan holda masofaviy talim texnologiyalarini ishlab chiqish.

3. Etakchi xorijiy OTMlarining tajribasi va sport sohasining talablari asosida universitetda mavjud va istiqbolda ochilishi rejalashtirilgan barcha bakalavriat talim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, o'quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqishning yagona tizimini yaratish va tasdiqlash. Buning mexanizmi esa yangi ochiladigan “Sport biomexanikasi” bakalavr talim yo'nalishini etakchi xorijiy OTMlarining talim tizimi bilan mutanosibligini taminlash.

4. Fakultetlar bazasida iqtidorli talabalar guruhlarini tashkil etish va ular uchun chuqurlashtirilgan maxsus fanlar o'qitilishini taminlash, yani yo'nalishlar kesimida kafedrada olib boriladigan fanlar negizida har o'quv yilida talabalar orasidan iqtidorli talabalarni tanlov asosida saralab olish va iqtidorli talabalar guruhini shakllantirish va ushbu guruhlarga etakchi professor-o'qituvchilarni biriktirish.

5. Yangi avlod o'quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishga tayyorlash. Bunda o'quv rejalardagi har bir fanni o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan taminlanganlik darajasini aniqlash va tahlil qilish, Sport biomexanikasi, Sport talim resurslarini yaratish texnologiyalari, Sportda matematik-statistika asoslari, Sportda amaliy matematika va statistika nomli o'quv-uslubiy adabiyotlarni etakchi xorijiy oliy talim muassasalari professor-o'qituvchilari hamda olimlari bilan hamkorlikda rus va o'zbek tillarida yaratish.

6. Universitetning elektron o'quv adabiyotlar fondini boyitish maqsadida kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan o'quv adabiyotlarning elektron shaklini yaratish va xorijiy hamkor oliy talim muassasalaridan elektron o'quv va ilmiy adabiyotlar olib kelish.

7. Professor-o'qituvchilarning axborot-kommunikaciya texnologiyalari va raqamli texnologiya vositalaridan foydalana olish imkoniyatlarini oshirish.

8. Jismoniy tarbiya va sport sohasida axborot-kommunikaciya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha savodxonlikni oshirish, yani universitet professor-o'qituvchilari va talabalari uchun sport sohasidagi maxsus dasturiy taminotlarni o'rganish bo'yicha elektron o'quv kurslarini yaratish.

II. Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, ustuvor yo'nalishlar bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish hamda ilmiy-tadqiqotlar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan ishlar yo'nalishida:

1. Kafedraning ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibini mustahkamlash, yani kafedrada fan doktori (Doctor of Science - 1 nafar) va falsafa fanlari bo'yicha doktorlik (Doctor of Philosophy - 3 nafar) dissertaciyalari himoyasini amalga oshirish.

2. Yosh iqtidorli pedagogik kadrlarni xorijning nufuzli OTMlariga malaka oshirish, stajirovka va doktoranturaga yuborishni tashkil qilish, yani Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetiga 2 nafar hamda Lestgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va sog'lomlashtirish milliy davlat universitetiga (Rossiya Federaciyasi) 2 nafar pedagogik kadrlarni malaka oshirish, stajirovka va doktoranturaga yuborish.

3. Xorijiy grantlar, fondlar va sport tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar sonini oshirish, yani fundamental tadqiqotlar jamg'armasining Evrosiyo ilmiy-tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash uyushmasi tomonidan elon qilingan loyihalar tanlovida ishtirok etish.

4. Kafedra professor-o'qituvchilari hamda ularning talabalari bilan birgalikda Xalqaro va Respublikada o'tadigan konferenciyalarda ilmiy maruzalari bilan faol ishtirokini tashkil etish, yani kafedra professor-o'qituvchilari hamda ularning talabalar bilan birgalikda innovacion va fundamental ilmiy-tadqiqotlarni o'tkazish.

5. Hamkor nufuzli xorijiy ilmiy-talim muassasalaridan universitet o'quv jarayoniga xorijiy mutaxassislar, o'qituvchi va olimlarni jalb etish, yani Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetidan 3 nafar hamda Lestgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va sog'lomlashtirish milliy davlat universitetidan (Rossiya Federaciyasi) 3 nafar etuk professor-o'qituvchilarni jalb qilish.

6. Talaba-yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish madaniyatini keng targ'ib etish, yani talaba-yoshlar o'rtasida onlayn viktorinalar tashkil etish.

7. Sportchilarning mashg'ulotlar jarayonidagi jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik darajasini yaxshilash, jarohatlanishlarning oldini olish va yuqori natijalarga erishishni taminlash, yani sport biomexanikasi fanidan amaliy mashg'ulotlar olib borish jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida mamlakatimizdagi TATU va sport federaciyalari bilan hamkorlik ishlarini olib borish.

 III. Manaviy-marifiy va axloqiy tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshiriladigan ishlar yo'nalishida:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan kelib chiqib, kafedra faoliyatini rivojlantirish, yani manaviy-marifiy va axloqiy-tarbiyaviy sohaga oid meyoriy hujjatlarni qayta tanqidiy ko'rib chiqish hamda tegishli tartibda takomillashtirish. SHuningdek, yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha beshta muhim tashabbusning uchinchi tashabbusini amalga oshirish.

2. Talaba-yoshlar o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish va turli xil tanlovlarda talabalar ishtirokini taminlash, sovrindor bo'lgan talabalar to'g'risida malumotlar bazasini shakllantirish, yani “Yoshlar ittifoqi talim grantlari”, “Prezident stipendiyasi”, “Ibn Sino stipendiyasi”, “Islom Karimov stipendiyasi” va belgilangan atoqli stipendiyalar va Respublika miqyosidagi tanlovlarga nomzodlarni fanlar bo'yicha tayyorlash. Guruhlarda, talabalar turar joylarida uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil etish. Kafedra negizida “Yosh dasturchilar” va “Yosh biomexaniklar” to'garaklarini tashkil etish orqali olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bilan tanlovlarda ishtirok etish ishlarini jadallashtirish.

IV. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash, zamonaviy jihozlar hamda axborot-kommunikaciya texnologiyalari bilan taminlash borasida amalga oshiriladigan ishlar yo'nalishida:

1. Mashg'ulot jarayonida sportchilarning harakat faoliyatini o'rganish, uni tahlil qilish va olingan natijalarni amaliyotga tatbiq qilish bo'yicha malaka va ko'nikmalarini shakllantirish, yani kafedra qoshida sport biomexanikasi o'quv-laboratoriyasini tashkil etish. Kafedraga qarashli o'quv auditoriyalarini zamonaviy texnologiyalar va kompyuter texnikasi bilan taminlash bilan bog'liq hujjatlarni taqdim etish, yani maxsus auditoriyalarni tarmoqqa ulangan kompyuter sinflari va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars o'tish uchun multimediali proektorlar bilan jixozlash, zamonaviy texnologiyalar va kompyuter texnikasiga bo'lgan extiyoj bo'yicha takliflarni shakllantirish va uni universitet mamuriyatiga taqdim etish.

Demak, o'z-o'zidan ayonki, kafedrada bugun faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar zamon bilan hamnafas, doim izlanishda, eng muhimi, kadrlar tayyorlash sifatini yuksaltirish borasida doim yangiliklarga intilib mehnat qilishmoqda. 

Kafedra o'qituvchisi SHerzod RAJABOV va o'z muxbirimiz Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing