19 may 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao Matissega qarshi jangga tayyorgarlikni davom ettiryapti+FOTO
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o'zining 14 iyul kuniga belgilangan jangiga tayyorgarlikni davom ettiryapti.
Filippinlik yulduz shu kuni yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Lukas Matissega qarshi ringga ko'tariladi. Bir necha yildan so'ng ilk bor Pakyao murabbiyi Freddi Rouchsiz mashg'ulot o'tkazyapti.
Pakyao mashg'ulotlarda o'zining bolalikdagi do'sti Buba Fernandes qo'l ostida ishlayapti. Fernandes Mennining 68ta jangida sekundantlik qilgan. Mashg'ulotlarda Rouchga yordam bergan.
Hozirgi mashg'ulot 14 may kuni yakunlanadi. SHundan so'ng Pekmen 1 iyungacha tanaffus oladi va bu vaqt oralig'ida u Filippin Senatidagi vazifasiga kirishadi.
Havola :
Fikrlar