14 fev 13:52
Yangiliklar
Paralimpiya
Para veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunladik!
Kecha Saudiya Arabistonining Al-Qasim provinciyasida para velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan qita birinchiligi o'z nihoyasiga etdi.
Guruh poygalari o'tkazilgan musobaqaning ikkinchi kunida startga chiqqan vakillarimiz yakunda 6 ta oltin va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
Bobur Toshtemirov
Azizaxon Qosimova
SHahnoza Hakimova
Pokiza Ahmadbekova
Marjona Pardaboeva
Odina Hamdamova.

Bronza:
Azizxo'ja Olimxo'jaev
Saidjabbor Dadaxonov
Jasurbek Ilxamov
Marjona Valijonova
Fotima Soipova.
Etiborlisi, Osiyo chempionatida 11 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza, jami 25 ta medal qo'lga kiritgan para veloshossechilarimiz umumjamoa hisobida peshqadam bo'ldi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar