07 iyu 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Parker va Jennings jang borasida kelishib olishdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jozef Parker hamda amerikalik Brayant Jennings o'zaro jang o'tkazishadi.
Yangi Zelandiya bokschisi ayni paytda WBC va WBO reytinglarida 6, IBF reytingida 7-o'rinni egallab turibdi. Jennings esa WBO reytingida 8, WBAda esa 13-pog'onadan joy olgan.
Ushbu jang 18 avgust kuni AQSHning Atlantik-Siti shahrida o'tkaziladi. Bu malumotni jang tashkilotchilaridan biri Top Rank promouterlik kompaniyasi vice-prezidenti Karl Moretti ham tasdiqladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar