26 sen 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Paulo Kosta CHimaevga qarshi jang qilishga tayyor
O'rta vazn toifasida UFC chempionligi uchun sobiq davogar braziliyalik Paulo Kosta shveciyalik jangchi Xamzat CHimaevga qarshi oktagonga chiqishga tayyor.
"Agar Xamzat CHimaev o'rta vazn toifasiga o'tsa, u navbatdagi jangini Paulo Kostaga qarshi o'tkazishi kerak. Menimcha, bu jang mantiqan to'g'ri bo'ladi", — deb yozadi taniqli jurnalist Ariel Xelvani ijtimoiy tarmoqlarda.
Kosta esa bu postga javoban reakciya qoldirdi va jang bo'lishiga umid bildirdi.
Eslatib o'tamiz, UFC 279 turnirining asosiy kardida Xamzat CHimaev Kevin Xollandni 1-raundda og'ritish usuli evaziga mag'lub etib, g'alabali seriyasini 12 taga etkazgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar