So’nggi yangiliklar

17:32Жаҳон кубоги. Финал чиптаси учун кечаётган ўзбек дербисининг иккинчи партияси ўтказилди 0 17:11Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга имкониятни бой берди 0 16:50Павел Дуров Хабибнинг машҳур папахалари кимошди савдосига қўйилишини маълум қилди 0 16:29Ўзбекистонлик ёш шахматчи Осиё чемпиони бўлди 0 16:08Пётр Ян реванш мақомидаги чемпионлик жанги учун АҚШга йўл олди + ФОТО 0 15:47"Лига кучайиб қолмади": Ла Лига президенти Саудия Арабистони чемпионатини танқид қилди 0 15:26"Ҳумо" Бишкек клубини 16:1 ҳисобида мағлуб этди 0 15:05Дэн Хукер Арман Царукян жароҳат олганини айтмоқда + ФОТО 0 14:44Жорж Сент-Пьерр: "Чимаевни тўхтатиб бўлмайдиганга ўхшаяпти" 0 14:23"Барселона" ва ПСЖ УEФА томонидан муаммога учради. Нима бўлди? 0 14:01Мария Шарапова Уимблдон чемпионлги билан қайси ғалабасини тенг қўйиши мумкинлигини айтди 0 13:40Крис Вайдмен сафдан чиқди, Андерсон Сильвага янги рақиб берилди 0 13:19Қойил! Усик Энтони Жошуани Жейк Пол билан жангга тайёрлайди 0 12:58"Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади 0 12:37Камару Усман Фрэнсис Нганнуни ҳимоя қилди 0

05 fev 18:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Pekin-2022 qishki Olimpiadaning mashalasi taqdim qilindi

Teglar :  Pekin-2022
Kecha Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlarining startiga roppa-rosa 1 yil qolgani haqida malum qilgan edik.

Ushbu sana munosabati bilan Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlari tashkilotchilari bo'lajak musobaqa mashalasining taqdimotini o'tkazishdi.

Mashala Xitoyning “Sinopes” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uglerod tolasidan tayyorlangan, vazni engil va yuqori haroratga chidamli. Olimpiada ramzining ushbu ko'rinishi spiral shaklida pastdan yuqoriga ko'tarilgan ikkita tasmaga o'xshaydi. Ulardan biri qizil, ikkinchisi kumush rangda. Manbalarning takidlashicha, «kumush va qizil ranglar muz va olov uchrashuvini anglatadi». Mashalada Pekin-2022 ramzi va Olimpiya halqalari, bulut va qor parchalari naqshlari tasvirlangan.

Paralimpiya qishki o'yinlari uchun xuddi shunday mashala dizayni ishlab chiqilgan, ammo u qizil va oltin ranglarda. 25 yanvar kuni XXR raisi Si Czinpin XOQ rahbari Tomas Bax bilan telefon orqali suhbat chog'ida pandemiya keltirib chiqargan qiyinchiliklarga qaramay, Xitoy hukumati 2022 yilgi o'yinlarni o'tkazmoqchi ekanini malum qilgan.

XXIV qishki Olimpiya o'yinlari Pekin shahrida 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Xitoy poytaxti Olimpiadani o'tkazish uchun 2015 yil 31 iyulda Kuala-Lumpurda bo'lib o'tgan XOQ sessiyasida tanlangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing