So’nggi yangiliklar

16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0

21 noy 09:07
Yangiliklar

Boks/MMA

PFL ligasi rasman Bellator promoushenini sotib oldi

Teglar :  PFLBellatorMMA
Saudiya Arabistoni sarmoyadorlari tomonidan moliyalashtiriladigan PFL ligasi Bellator tashkilotini sotib oldi.

Bu haqda Financial Times nashriga bergan intervyusida PFL asoschisi Donn Devis xabar berdi. Devisning so'zlariga qaraganda, Bellator promoushenining shu paytgacha egasi bo'lib kelgan Paramount Global kompaniyasi ham tashkilotda kichik ulushga ega bo'lib qoladi. Bellator jangchilari bir vaqtning o'zida PFL oktagonida, o'z o'rnida PFL aralash yakkakurash ustalari Bellator`da jang qilishlari mumkin bo'ladi. 

Bundan tashqari, 2024 yilda PFL va Bellator hamkorlikda turnir o'tkazadi. Unda ikki promoushen chempionlari o'zaro oktagonda to'qnash keladi. PFL rahbarlari UFC promoushenini industriyada yakka hokimlik maqomidan olib tashlash istagida ekanliklarini yashirishmayati. 

"Bizning bu yurishimiz MMA landshaftini to'laligicha o'zgartiradi. MMA olamidagi ikkita ikkinchi raqamlilar birlashdi. Bu katta kuch. PFL va Bellator qo'shma rosteridagi 30 foiz jangchilar Fight Matrix versiyasi bo'yicha jahonning Top-25 jangchilari qatoriga kiradi", - dedi Devis.

Bellator MMA rasmiylari ham ushbu savdoning rasman amalga oshganini tasdiqlashdi. 

"Biz PFL oilasi bilan birlashdik", - deyiladi tashkilotning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

SHanba oqshomida Bellator MMA ligasi CHikagoda Bellator 301 turnirini o'tkazdi. Ayni paytda tashkilotning rasmiy taqvimida rejalashtirilgan hech qanday turnir yo'q. PFL ligasi esa 24 noyabr kuni mavsumning final turnirini o'tkazadi. Unda 2023 yilgi mavsum chempionlari aniqlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing