So’nggi yangiliklar

13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0

11 dek 19:32
Yangiliklar

Boks/MMA

PFL UFC bilan raqobat qila oladimi? Yoki bu shunchaki shishirilgan loyiha bo'ladimi?

Teglar :  UFCBellatorPFL
PFL Bellator’ni sotib oldi va aralash yakkakurashlar sohasida kata qadam tashladi.

Liga darhol UFC bilan teng sharoitlarda raqobatlashmoqchi ekanligini elon qildi. Dana Uayt va sayyoradagi eng yaxshi reklama vakillari bunga biroz boshqacha qaradi. Haqiqatan ham PFL ushbu niyatini amalga oshirish uchun harakat qilmoqda, biroq yanada ishlashi lozim. Aytish joizki, yaqin orada vaziyat butunlay o'zgarib ketishi mumkin. 

Albatta, akciyalar birlashganiga uzoq vaqt bo'lgani yo'q. Vaziyat hozircha silliq ko'rinmayapti. Ayniqsa, yilning asosiy turniri bo'lib o'tganini hisobga olsak, musobaqa hayajonli lahzalarni taqdim eta oldi, biroq 6 chempionlik jangidan faqatgina Magomed Magomedkerimov chempion bo'lgan bahs talabga javob bera oldi, xolos. Qolgan janglar jamoatchilik tomonidan u qadar qabul qilinmadi. 

Ijobiy jihatlar sifatida arenaning dizayni, sakkizburchakdan olingan suratlar bularning barchasi haqiqatan etiborni tortmasdan qolmaydi. Lekin Vashingtondagi arenada tribunalar gavjum emasligi ko'rinib qoldi. Ehtimol, Bellator bilan birlashish vaziyatni tubdan o'zgartirishi kerakdir. Axir birinchi jiddiy maqsadlardan biri chempionlar turnirini o'tkazish hisoblanadi. Tegishli vazn toifalaridagi kamar egalari u erda to'qnash kelishlari lozim. SHu o'rinda savol tug'ulishi tabiiy – PFL vakillari Rayan Beyder, Vadim Nemkov, Jonni Ablin va Usmon Nurmagomedovlar ularga qarshi chiqishganda, raqiblar qanchalik raqobatbardosh bo'lishi mumkin? 



Alohida nuqta Bellator chempionlarining kelajakda tashkilotda qolishi yoki qolmasligi bilan bog'liq. Bu yigitlarning deyarli har biri UFC’ga o'tishga qodir. Katta ehtimol bilan ular shuni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Kelishuv natijasida oldinadigan eng qimmatli aktivni saqlab qolish juda qiyin bo'ladi, bunga deyarli hech qanday shubha yo'q. Ko'pgina PFL vakillari o'zlarini UFC’da sinab ko'rish istagi bor ekanligini yashirib o'tirmayapti. 


Keyingi qiziqarli nuqta - pley-off tizimining mavjudligi. Bu bo'linishlarning turg'unligiga olib keladi. Turnirda faqatgina bitta bahs yuqori maqomga ega bo'ladi – final. Tasavvur qiling, musobaqaga katta garov pullari tikilmoqda, ammo chiqish atigi bitta. Oxirgi turnir aynan shunday bo'ldi. Balki, tashkilot bunday tizimdan voz kechishni o'ylab ko'rishi kerakdir. PFL UFC bilan tengma-teng kurasha olmayapti, bu bor gap. Ammo shuni ham unutmaslik darkorki, akciyalar birlashganiga uzoq bo'lgani yo'q. Aslida 2023 yil oxirigacha sodir bo'lgan barcha narsa eski tizim asosida o'takzildi. 2024 yil uchun rejalar juda katta. Hamma narsa tashkilotning o'z qo'lida, islohotlar to'g'ri amalga oshirilsa, UFC uchun munosib raqib bo'lishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing