15 noy 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA

"Pore bilan jangdan so'ng qanday dorilar qabul qilyapsan?" Muhammad Konorga javob berdi
UFC jangchisi Bilol Muhammad Konor Makgregorning tanqidiga javob berdi.
Irlandiyalik sportchi Tvitterdagi sahifasiga Muhammad va Entoni Smitning ESPN kanalida ekspert sifatida ishlayotgani aks etgan videoni joylashtirgandi. Keyinchalik u videoni o'chirib tashladi.
"Pore oyoq zarbangni tekshirib ko'rganidan so'ng qanday dorilar qabul qilyapsan?", - deb yozdi Muhammad o'z Tvitterida.
Eslatib o'tamiz, Konor iyul oyida Dastin Porega qarshi jangda oyog'ini sindirib olgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar