03 avg 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Pore Nurmagomedov - Makgregor jangi g'olibiga qarshi oktagonga chiqmoqchi
Amerikalik aralash qoidalar jangchisi Dastin Pore UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritish asosiy maqsadi ekanligini malum qildi.
Porening asosiy rejasi Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor jangi g'olibi bilan oktagonda to'qnash kelish.
“Men chempionlik jangida ishtirok etishga to'la haqliman. SHunday ekan, keyingi jangim Nurmagomedov yoki Makgregor bilan bo'lib o'tadi. Menga bu ikki sportchi o'rtasidagi jangni tomosha qilish qiziq bo'ladi”, - dedi Pore MMAFighting.com saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore o'zining so'nggi jangida mashhur UFC vakili Eddi Alvaresni nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
Havola :
Fikrlar