28 noy 08:22
Yangiliklar
Pore UFC'da qancha "umri" qolganini aytdi
"Boksda jang o'tkazish? Barchasini yakunlagunimcha buni ham amalga oshirmoqchiman, biroq unday bo'ladi deb o'ylamayman. UFC bilan 5-6 janglik shartnomam qolgan ko'rinadi. Ammo men birinchi bo'lib boks qo'lqoplarini taqqanman.
Yakkakurashlarni yaxshi ko'raman. Avvaliga boks yoqardi. Janglarni tomosha qilardim va bundan zavq olardim. Yuzidan qon chiqayotgan yigitlar yanada oldinga tashlanayotganini ko'rib, men ham shunday qila olaman derdim.
Qafasdagi janglarni ancha oldin bilardim. Yoshligimda bir necha marta jang qilib ko'rganman, keyinchalik boks zalidagi yigitlarni uchratib qolganman, ular menga kikboksing va jiu-jitsu haqida so'zlab berishdi. Kelasi hafta ular bilan shug'ullanganman", - dedi Pore.
Fikrlar