So’nggi yangiliklar

19:05ИНТЕРВЬЮ. Футбол ўйнаганим учун дадам уришмасин деб, боксга борганман — Шаҳобиддин Эгамов 0 19:04ITF М15. Шин Анталиядаги юришини нимчорак финалда тўхтатди 0 18:43Жон Жонс Том Аспиналл ва Ган ўртасидаги жанг ҳақида гапирди 0 18:22Мераб Двалишвили: "Яннинг энг катта хатоси – у мени ҳурмат қилмагани" 0 18:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон 0 17:39Тожикистон ва КХДР Asian Boxing сафига ўтди 0 17:17UFC жангчиси шу йилнинг ўзида олтинчи марта ҳибсга олинди 0 16:54Асадбек Саидов Octagon 80 турниридаги иштироки орқали бонусга лойиқ кўрилди 0 16:29Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди 0 16:08Доғистонда Ислам Махачев номли кўча пайдо бўлди 0 15:47Достон Бозоров визани қўлга киритди (ФОТО) 0 15:26"Ҳумо" қайтяпти: жамоа Ўзбекистон очиқ чемпионатида иштирок этишини тасдиқлади. Бугун илк ўйин! 0 15:05Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди + ФОТО 0 14:44PFL Лигаси Гран-При форматини бекор қилди 0 14:23Шаббона Абдувалиева "Катта Дубулға" турнирига йўлланма қўлга киритди 0

18 noy 11:31
Yangiliklar

Karate

Poytaxt viloyati karatechilari Abu-Dabidagi musobaqada 6 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO

16-17 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida karate WKF bo'yicha jahon Kubogi tasnifiga kiruvchi turnir bo'lib o'tdi.

Winner Cup International Chempionships musobaqasida 51 davlatdan 800 nafardan ziyod sara sportchilar g'oliblik yo'lida tatamiga chiqishdi. Terma jamoamiz tarkibida Toshkent viloyati sportchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. 

Xususan, murabbiylar Dilshod Yusupov (Toshkent tumani) va Hamdamjon SHodibekov (Bekobod shahri) shogirdlari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritib, g'olib va sovrindorlar safidan joy olishdi. SHuningdek, Dilshod Yusupov va Hamdamjon SHodibekov musobaqa tashkilotchilari tomonidan shogirdlarining munosib ishtiroki uchun maxsus kubok bilan taqdirlanishdi. 

G'olib va sovrindorlar:

12-13 yosh. Oltin medal 

-42 kg. Odina Botirova (Toshkent t.) 

-45 kg. Kamronbek Abduqayumov (Bekobod sh.)

+56 kg. Saidkamol Adilov (Toshkent t.) 


+18 yosh. Kumush medal 

-60 kg. Azizbek Islombekov (Toshkent t.) 


+18 yosh. Bronza medal 

-75 kg. Oybek Hakimbekov (Toshkent t.) 

14-15 yosh. Bronza medal 

-57 kg. Jo'rabek Alibekov (Toshkent t.)

Musobaqa reglamentiga ko'ra, g'olib va sovrindorlar shu yilning 13-15 dekabr kunlari Turkiyada bo'lib o'tadigan Premer liga musobaqasida ishtirok etish huquqiga ega bo'lishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing