02 okt 08:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Probellum: "Bahodir bilan jang qilishni yigirmadan ziyod bokschi rad etdi"
Probellum promouterlik kompaniyasi vakili Sem Jons o'zbekistonlik bokschi, ushbu kompaniya mijozi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangiga munosabat bildirdi.
Kecha charm qo'lqop ustamizga navbatdagi jangida kim raqiblik qilishi haqida xabar bergan edik.
Ushbu xabarga Probellum vakili Sem Jons quyidagicha munosabat bildirdi:
"Yigirmadan ziyod og'ir vaznli bokschilar u bilan jang qilishni rad etishdi. Va nihoyat bir raqib chiqdi".
SHunday qilib, Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 15 oktyabr kuni Liverpul shahrida argentinalik Ariel Esteban Brakamontega qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : twitter.com/mrsamjones88
Fikrlar