09 dek 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Proxazka Rakichga jang sanasini aytdi
UFC jangchisi Irji Proxazka Aleksandr Rakichga yana bir bor javob qaytardi.
CHexiyalik jangchi Tvitter sahifasi orqali Rakichni 2024 yilning 9 mart kuni bo'ladigan UFC 299 turnirida jang o'tkazishga taklif qildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu oqshomning asosiy jangida SHon O'Melli va Marlon Vera oktagonga chiqadi. Proxazka (29-4-1) so'nggi jangini noyabr oyida o'tkazdi va o'shanda Aleks Pereyrani nokautga uchratgandi.
Rakich (14-3) esa 2022 yilning may oyida Yan Blaxovichga qarshi jangda tizzasidan jarohat olganidan keyin hali oktagonda ko'rinish bermadi.
Havola :
Manba : twitter.com/jiri_bjp
Fikrlar