10 avg 09:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Pyotr Yan - Merab Dvalishvili trilogiyasi Abu-Dabida o'tkaziladi
Rossiya va gruziyalik aralash yakkakurash ustalari o'rtasidagi uchinchi jangning o'tkazilishi bo'yicha kelishuvga erishildi.
Bu haqda vaziyatga yaqin manbalar xabar bermoqda. UFC`ning o'ta engil vazn toifasidagi chempioni Pyotr Yan 24 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirining asosiy jangida ushbu kamarning sobiq egasi Merab Dvalishviliga qarshi oktagonga chiqadi. Bu trilogiya maqomidagi jang bo'ladi. Jangchilarda bittadan g'alaba bor.
Pyotr aralash yakkakurashlar (MMA) bo'yicha professional faoliyatini 2014 yilda boshlagan. Rossiyalik jangchining hisobida 20 ta g'alaba (shundan sakkiztasi muddatidan oldin) va 5 ta mag'lubiyat bor. Hozircha trilogiya UFC tomonidan rasman tasdiqlanmadi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar