17 noy 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qalay endi Konor?" Yan Dastin Porening maqtovlariga javob qaytardi
Rossiyalik UFC jangchisi Pyotr Yan amerikalik Dastin Porening o'zi tomon yo'llangan maqtovlariga fikr bildirdi.
Pore UFC'dagi eng zo'r bokschi kim degan savolga aynan Pyotr Yan deb javob bergandi.
"Menimcha, Pyotr Yan eng zo'ri! U ortiqcha oyoq harakatlarini ham sarflamaydi, poziciyasini hech qachon yo'qotmaydi. Zarbaga uzoq kuch yig'maydi, lekin shusiz ham uning zarbalari kuchli. Aniqlik va tana harakatlari ham ajoyib", - degandi Pore.
Pyotr Yan esa bunga shunday javob qaytardi.
"Dastin nima deyotganini biladi. Qalay endi? Maknagets (Konor).", - deya yozadi Pyotr Yan Konorning avvalgi gaplariga javob tariqasida.
Havola :
Manba : MMAFighting.com
Fikrlar