07 sen 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA
"Qarz olishga majbur bo'ldim". Frensis Ngannu UFCʼdan norozi
Og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni tashkilot bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti.
"UFS bilan yangi shartnoma imzolaganim yo'q, chunki uning shartlaridan mamnun emasman. O'zimni himoyalangandek his qilmayapman. So'nggi ikki yil ichida qarz olishga majbur bo'ldim. Lekin hech kim bunga ahamiyat bermayapti va bu bo'yicha hech qanday kafolatim yo'q. SHuning uchun ham shartnomada eng yaxshi shartlarga – o'zimga munosib bo'lgan narsaga erishishga harakat qilaman", - dedi Frensis.
Eslatib o'tamiz, ayni damda Frensis Ngannu tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan so'ng tiklanish jarayonini o'tamoqda. Ngannu so'nggi jangini 23 yanvar kuni Siril Ganga qarshi o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar
Bizga qoyil unda!