So’nggi yangiliklar

18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0 10:45Эрон ЖЧ-2026 вақтида Мексикада яшайди, лекин... 0 09:23Отабек Холматов Тошкентдаги бокс оқшомида жанг қилиши мумкин 0 08:30"Ролан Гаррос". Бугун Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқади 0 07:53"Ўлиминг яқинлашмоқда". Нассурдин Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 19:04Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланиши маълум 0

29 jan 17:17
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Xarbin-2025

Qishki Osiyo o'yinlari Qozog'istonda translyaciya qilinishi aniq bo'ldi, O'zbekistondachi?

Xabar berib borayotganimizdek, 7-14 fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.

Kecha Qozog'istonning Qazsport telekanali musobaqani namoyish qilish huquqini qo'lga kiritgani haqida malum qildi.

Olamsport.com'ga malum bo'lishicha, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) mazkur kompleks turnirdan translyaciya amalga oshirmaydi. MTRK qoshida "Futbol TV" tashkil etilganidan keyin "Sport" telekanalida boshqa sport turlariga oid musobaqalar namoyishi ko'payishi taxmin qilingandi, biroq hozircha bu amalga oshganicha yo'q.

Avvalroq aytilganidek, bu O'zbekiston uchun o'z tarixidagi eng ko'p ishtirokchi bilan qatnashiladigan qishki Osiyo o'yinlariga aylanishi ehtimoli yuqori. Ochiq malumotlarga ko'ra, mamlakat MOQ shu paytgacha o'tkazilgan o'yinlagda 11 nafardan ko'p sportchi bilan bormagan, Xarbin-2025 uchun esa 26 nafar sportchi ro'yxatdan o'tkazilgan.

Eslatib o'tamiz, so'nggi, VIII qishki Osiyo o'yinlari 2017 yilda Yaponiyaning Sapporo va Obixiro shaharlarida o'tkazilgan va unda O'zbekistondan faqatgina figurali uchuvchi Misha Ge qatnashgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing