20 iyu 10:17
Yangiliklar

"Qiziq savol!": Uchta kamar sohibi "Qirol" Artur rejalari bilan o'rtoqlashdi
"Agar Dmitriy Bivolni mag'lub etib, mutlaq jahon chempioni bo'lsam, yarim og'ir vaznda qolamanmi yoki yo'q? Qiziq savol! Bu haqda o'ylab ko'rishim kerak.
Avval birinchi og'ir vazn toifasida, keyin og'ir vaznda o'zimni sinab ko'rardim. Men yana bir chempionlik kamarini qo'lga kiritishni istayman. Umid qilamanki, promouterim buni men uchun uyushtira oladi.
Aleksandr Usikning og'ir vazn toifasida chempion bo'lishi menga ishonch bag'ishladimi? Ha, u buni uddaladi. Nima bo'lishini endi ko'ramiz", — dedi Beterbiev.
Eslatib o'tamiz, Artur Beterbiev kecha ikkinchi raundda Jo Smitni nokautga uchratib, WBO kamarini qo'lga kiritgandi. Hozir Beterbievda WBC, IBF va WBO chempionlik kamarlari bor. Aynan shu vazndagi so'nggi kamar - WBA Dmitriy Bivolning qo'lida qolmoqda.
Fikrlar