05 okt 20:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'iston boks bo'yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo'lmoqchi
Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov Iordaniyada o'tkaziladigan Osiyo chempionati haqida fikr bildirdi.
"Oldimizga doimgidek eng yuqori vazifani qo'yamiz. O'tgan safargi Osiyo chempionatida beshta kumush medal olgandik. Oltin medalsiz. Umid qilamanki, bu safar oltin medalsiz qaytmaymiz. Albatta umumjamoa hisobida birinchi o'rin uchun kurashamiz", - dedi Satjanov, sports.kz saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 2021 yil Dubayda o'tkazilgan Osiyo chempionatida O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 6 ta oltin medal qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagandi.
Havola :
Fikrlar