So’nggi yangiliklar

13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0

03 fev 10:27
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Qozog'iston Osiyo o'yinlariga mezbonlik qiladi!

Bu haqda Xitoyning "SHenxua" agentligi Osiyo Olimpiya kengashiga tayanib xabar bermoqda.

SHartnoma 5 fevral kuni Italiyaning Milan shahrida imzolanadi, aynan shu erda Qishki Olimpiya o'yinlari start olish arafasida. 

Aslida Osiyo-2029 Qishki Osiyo o'yinlariga hozirda Saudiya Arabistonida qurilayotgan Neom shahri mezbonlik qilishi kerak edi. Bu sahro o'rtasidagi uzunligi 170 km bo'lgan megapolis 10 million kishining yashashiga mo'ljallab qurilmoqda. Megaloyiha qurilishiga 500 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag' sarflanadi.

Neom kelajakning aqlli shahri - avtomobilsiz bo'lishi rejalashtirilgan. Futbol bo'yicha JCH-2034`gacha shaharda 46 ming kishilik stadion quriladi, u erda maydon erdan 350 metr balandlikda joylashadi. Hozircha loyiha debochasi "Neom" futbol klubi bo'lib, unda Franciya terma jamoasining sobiq hujumchisi Aleksandr Lyakazett o'ynaydi.

Neomning bir qismi 2026 yilda taqdim etilishi kerak edi, ammo qurilish ishlari rejadagisidan ortda qolmoqda. 2029 yilga kelib Neom yaqinida Osiyo o'yinlarini qabul qiladigan Troyen suniy chang'i-kurort obekti foydalanishga topshiriladi.

O'tgan hafta Saudiya Arabistoni hukumati Neomdagi Osiyo o'yinlari qurilishdagi kechikish tufayli qoldirilishini malum qilgandi. 

Malumot uchun, Olma-Ota shahri 2011 yilda ham Qishki Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilgan, ammo o'shanda Ostona qo'shmezbon edi. SHuningdek, Yaponiya (4 marta), Xitoy (3) va Koreya Republikasi (1) Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilgan.

Qishki Osiyo o'yinlari mezbonlari: 1986 yil — Sapporo (Yaponiya), 1990 yil — Sapporo (Yaponiya), 1996 yil — Xarbin (Xitoy), 1999 yil — Kanvondo (Koreya Respublikasi), 2003 yil — Aomori (Yaponiya), 2007 yil — CHanchun (Xitoy), 2011 yil — Astana va Olma-Ota (Qozog'iston), 2017 yil — Sapporo va Obixiro (Yaponiya), 2025 yil — Xarbin (Xitoy).

Eslatib o'tamiz, Olma-Otada Osiyo-2011 Qishki o'yinlari hamda Qishki Universiada-2017 musobaqasi uchun sport obekti bunyod etilgan. SHahar 2022 yilgi Qishki Olimpiadaga davogarlik qilgan, ammo yakunda Pekinga yutqazgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing