So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон Осиё чемпионати 1/2 финалига чиқиш баробарида Жаҳон чемпионати йўлланмасини ҳам қўлга киритди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0 14:52Исроил Мадримов: "Баҳона йўқ, ўша куни Ортис кучлироқ бўлганди" 0 14:31Бутунжаҳон ўсмирлар Олимпиадасида муваффақиятли иштирок этган шахматчиларимиз муносиб кутиб олинди 0 14:10IBF чемпиони Опетая оғир вазнга ўтиши мумкин 0

03 noy 13:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Rahmatjon Ro'zioxunov: "Arizamizni ko'rib chiqishmayapti"

Serbiyada davom etayotgan jahon chempionatida kecha chorak final bahslari bo'lib o'tdi.

-75 kg vaznli bokschimiz Saidjamshid Jafarov Tailand vakili Viparon Jongjoxoga qarshi ringga chiqdi. Jang davomida katta ustunlikka erishgan bokschimizga yakunda hakamlar tomonidan g'alaba berilmadi. Terma jamoa murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov bunday natijadan so'ng "yorildi". 

"Hakamlarning nazoratchisi tailandlik edi. Men birinchi raundda 3:2 berilganidayoq bildim, vaholanki 5:0 yutayotgandik. Ikkinchi raund 3:2 hisobida raqibga berildi. Bu raundani ham yutgandik. Oxirgi raundda 4:1 hisobidagi g'alabani tailandlikka berishdi. 

Men Marat akaga mana bu tailandik yuribdi, hammasini hal qilib g'alabani raqibga berib yuborishadi dedim. Marat Galievich - "Biz yutyapmiz, qanday qilib berib yuborishadi",- dedilar. Ha, biz yutyapmiz, lekin ochkoni bizga bermayaptiku, bizni aldab-aldab uchinchi raundda hal qilyapti. 

Yana qanday qilish ishlash kerak? Qanday qilib yutish kerak? Nima qilish kerak? Hasanboy va SHahobiddinni jangida ham shunday qilishdi. Hatto bizning "protest"imizni ko'rib chiqishmayapti. Odiljonni jangiga protest berdik. Yo'q, 2:3 hisobi berilgan, ko'rib chiqilmaydi deyishdi. 

Unday bo'lsa, bu chempionatni umuman o'tkazish kerak emas. Nimaga bizning jamoaga bunday munosabatligini ham bilmayman. Birinchi kundanoq etakchilarimizni chiqarib yuborishdi. Saidjamshid yutqagani yo'q. Ko'pchilik protest haqida so'rayapti. Ko'rib chiqilmasa nima keragi bor buni. 

Umumiy 4 ta jangimizda hakamlar nohaqlik qilishdi. Agar vaziyat shunday ketadigan bo'lsa, yarim final, final bahslari eng oson janglar bo'ladi. Eng kuchsizlar chiqadi va chempion bo'ladi", - dedi Ro'zioxunov.

Reyting: +7   

Fikrlar

+1   
03 noy 13:42:11
Inomjon Boltayev
бундай юраверсак хар бир чемпионатда шундай нохаклик килаверишади индамас экан деб тепкилаб ташашади кеча тепкилашдан хам баттар килишди 5 та боксчи нохоклик курбони болди Нодиржон Миразиз Шахобиддин Асадхужа ва Саиджамшид Лазизбек проста кеча мотивация улган холатда чикди Хасанбой ва Шахрам тенг келди балким сал устунлик бордир Казокларда лекин 5/0 га йутказмади 2 ласи хам 3/2 болиши мумкин хакамларни Аллох жазосини берсин Алимпиада Олимпиада шундай болди енди бу нималар килишаяпти ози Гофур Рахимов учун болаётган жараён болиши керак
+1   
03 noy 13:32:57
Inomjon Boltayev
кеча 1 жангдан кейин протест бермай чикиб кетиш керак еди барибирам жавоб берарди биттаси
   
03 noy 19:10:20
Nigora Mirolim Qizi
Meni bolganimda ana shu hakamlarning hammasini sochini bittalab yulardim. Musobaqadan haydavorsayam mayli edi.
   
03 noy 15:55:07
Nasaf fc and Manchester Yunayted fc
Bunday musobaqada qatnashishnining oʻzi xato Rozi aka toʻgʻri aytadi ,,bunday musobaqalarning nima keragi bor,, adolat boʻlmasa
   
03 noy 15:55:00
Nasaf fc and Manchester Yunayted fc
Bunday musobaqada qatnashishnining oʻzi xato Rozi aka toʻgʻri aytadi ,,bunday musobaqalarning nima keragi bor,, adolat boʻlmasa
   
03 noy 15:28:46
Farrux Mustafoyev
Hisoblarning 100% o'ylab chiqilganligining isboti 2 raunddan keyin hisob 19-19,19-19,19-19,18-20, 18-20 bo'layotgan payt aynan nimaga 19- 19 hisobini qayd qilayotgan 3 ta hakam 1- sportchiga g'alaba beradi, nima uchun?Chunki, boshqa har qanday holatdayam 3 ta hakam 1- sportchiga g'alaba bergan taqdirdayam 2-sportchi g'alaba qozonadi ana xolos o'yin qilish anashunday bo'ladi!???????????? Nima federatsiyalarni ahmoq deb o'ylashadimi soqqaxo'r hakamlar? Aynan mana shu mavzu AIBAda ko'tarildimi yuzma- yuz rahbarlar bilan muloqotda qiziqda kutamiz????
   
03 noy 15:17:36
Farrux Mustafoyev
Bular 100% matematik hisob kitoblar, bitta hakamni sotib olsa yetarli Misol uchun quyidagi ko'rinishdagi hisoblar ko'p qayd qilinishiga sabab nima 29/28, 29/28, 29/28, 27/30, 27/30 Bir raund oldin 19/19, 19/19,19/19, 18/20, 18/20 bir qaraganda 2- sportchi yutayapti hammasi yaxshi, lekin 3 raundda 3:2 hisob qaramsizki 1- sportchi g'olib! Bu nima nimaga doimiy hamma masalani sun'iy ravishda oxirgi raundlarga qoldirilayapti, nimaga 2 ta hakam yaqqol 2- sportchining g'alabasini ko'rsatayapti qolganlar 1- sportchining g'alabasini? Nimaga bu darajada katta farq, baholash uchun aniq mezon bormi? Bu ahvolda sportchilar nima qilishi kerak? Hammasi hakamlarga bog'liq bo'lib qolayaptiku, nechta shunday holat bor o'rganib AIBA yig'ilishida kerak bo'lsa shunga o'xshagan barcha natijalarni bekor qilish talabini AIBA a'zosi sifatida qo'ya olmaymizmi, federatsitadan javob kutamiz
   
03 noy 15:04:10
Farrux Mustafoyev
Boshda aytganman XOQ o'zi katta davlatlarning bosimi bilan o'sha paytdagi AIBA prezidenti Rahimovga va bizga qarshi edi, AIBA XOQ talablarini bajarmaganligi sababli olimpiya o'yinlarini tashkil qilolmadi. Majbur Raximov ketdi, hozirgi AIBA rahbari XOQ qo'g'irchog'i Umar bu lavozimga saylanishidan oldin bizga qarshi gaplar qilgan, bu lavozimga u saylanganida sezgandim bizga og'ir bo'lishini...Yana bir gap yutuqqa katta pul qo'yilishi va hozirgi AIBAning past nufuzi hakamlarning bunday o'yinlar qilishiga imkon berayapti. Osonda bitta raundni yutayotgan bokschiga yozadi qolgan raundlarda o'yin qilib g'alabani stavkachiga beradi, misol uchun Saidjamshid va Shahobiddinning janglari!



< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing