So’nggi yangiliklar

08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0

22 iyu 18:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Ramazon Temirov ishtirokidagi to'liq matbuot anjumani

Teglar :  Ramazon Temirov
O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov bo'lajak jangi oldidan OAV vakillarining savollariga javob berdi.

Hamyurtimiz 25 iyul kuni Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC Fight Night 282 turnirining ikkinchi asosiy jangida avstraliyalik Stiv Erceg bilan to'qnash keladi.

"Co main event'da jang qilayotganim men uchun juda katta masuliyat yuklaydi. Ishonch bildirishgani uchun UFC'ga katta rahmat aytaman. Xudo xohlasa, bu ishonchni chiroyli tarzda oqlayman, degan umiddaman. Raqibim bilan birgalikda xalqim, muxlislarim va butun UFC muxlislariga chiroyli jang ko'rsatamiz. In SHa Alloh, g'alaba qozonaman, degan umiddaman.

Xudo xohlasa, bu jangda yutsak, uning o'rniga ko'tarilaman, deb o'ylayman. Undan keyin ham UFC kimni bersa, jang qilaveraman. Maqsad chempionlik.

Asu bilan jangimga kelsak, biz bir vazndamiz. Ikkimiz ham bir-birimiz bilan jang qilishni istamasdik. U bilan do'stmiz. Lekin UFC belgilasa, jang qilishga majburmiz. Undan kuchlirog'ini berishsa, muammosiz jang qilaman.

Yurtimizda UFC turnir o'tkazishini eshitib, juda xursand bo'ldik. Lekin tafsilotlaridan xabarimiz yo'q. Ammo qachondir O'zbekistonda turnir o'tkazilishini aytishdi. In SHa Alloh, shu jangni chiroyli o'tkazib olsam, keyingisida kim bo'lishinidan qatiy nazar, O'zbekistonda jang o'tkazishni xohlardim.

Stiv yaxshi jangchi. Mahorati bor. Men o'zimni raqiblarimdan ustun ko'rmayman, lekin jang vaqtida o'zimda bor barchasini ko'rsataman.

O'zimning vaznimda Joshua Van bilan jang qilish men uchun juda ham qiziqarli bo'lardi. CHunki u ham tik turgan holda jang qiladi. Orqaga qaytmaydi. Men ham shunday. Juda chiroyli jang bo'ladi.

Biz 3 raundlik jangga tayyorgarlik ko'rdik. Uch oylik yig'inimiz ham to'liq jang uchun moslashgan edi. Nokaut qilaman, vaqtli tugataman, degan narsa yo'q. Bunday vaziyatlar jangda o'zi paydo bo'ladi", deydi Temirov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing