So’nggi yangiliklar

17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0 14:09Ўзбекистон делегациясининг IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечта спорт турида неча нафар спортчи билан қатнашиши тасдиқланди 0 13:24Жаҳон чемпионатида биринчи бўлган боксчиларимиз кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:36WTA 500. Камилла Раҳимова Токиода 1/2 финалга чиқди 0 11:57"Ал Насср" "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан 5 та гол урди, Роналдудан хет-трик! + ВИДЕО 0 11:22"Президент Олимпиадаси". 14 ҳудудий жамоанинг барида медаль! + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0

11 sen 19:51
Yangiliklar

Gimnastika

Rashid Isyanovning oila-azolariga chuqur hamdardlik bildiramiz

Gimnastika bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi trampolin bo'yicha murabbiyi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi Rashid Isyanov 79 yoshida vafot etdi.

Isyanov Rashid Zinnurovich 1940 yil Rossiya Federaciyasida tug'ilgan. 1963 yil O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan va umrining qolgan qismini mamlakatimizda gimnastika, jumladan trampolin sportining rivojlanishiga, uning taraqqiyotiga bag'ishlagan. Murabbiylik faoliyati davomida ko'plab istedodli sportchilarni tarbiyalagan.

Xususan, yozgi Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sharafini eng ko'p (5 marta) himoya qilgan va Pekin Olimpiadasi bronza medali sohibi Ekaterina Xilko ham aynan ushbu murabbiyning shogirdi hisoblanadi. Rashid Isyanov 1985 yilda “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy” unvonini bilan taqdirlangan. U uzoq yillar davomida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida, shuningdek, 1998 yildan 2018 yilgacha hozirgi gimnastika bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi trampolin bo'yicha murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.

Marhumning vafoti yuzasidan uning yaqinlari va oila-azolariga hamdardlik bildiramiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
12 sen 00:09:18
SHaxrihon
Охирати обод булсин.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing